Unda Italiya ipak assotsiatsiyasi rahbari Stefana Vitali rahbarligida ko‘plab tadbirkor, investorlarlar, moliyaviy institutlar, OPEC, UNIDO, FAO vakillari ham qatnashishi kutilmoqda.
Sanoat parkini tashkil etish jarayonida “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi BMTning bir qator tashkilotlari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda tajriba loyihalarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Ular kelgusida Turkmaniston, Tojikiston kabi qo‘shni davlatlarga ham tadbiq etiladi.
Ta’kidlash joizki, hozirga qadar sohada Xitoy, Vyetnam kabi 40 dan ortiq davlat vakillari bilan hamkorlikda qo‘shma korxonalar tashkil etilgandi. Endi Italiya, Fransiya, Germaniya kabi davlatlar bilan hamkorlik bosqichi boshlanadi.
Izoh (0)