Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar vakillari bilan hamkorlikda o‘z farzandini sotish bilan bog‘liq qonunbuzarlik holatiga chek qo‘ydi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar bermoqda.
Fuqaro Bozorov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) o‘zining jinoiy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqaro Sotvoldiyeva bilan jinoiy til biriktirib, uning 5 kunlik farzandini notanish shaxsga 4 600 000 so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi alomatlari)ga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)