• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Kraudfanding – jamoa bo‘lib moliyalashtirish – biznesga investitsiya kiritishning yangi ko‘rinishi sifatida

    Biznes sohasida g‘oyani amaliyotga tadbiq qilishda tajriba, mahorat, intilish bilan bir qatorda moliyalashtirish asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarda moliyalashtirishda odatiy kredit, ustav kapitalga pul kiritish, grant, aksiyalarni sotish, hosilaviy moliyaviy instrumentlardan foydalanish singari odatiy usullardan tashqari boshqa turli vositalar ham amalda o‘ylab topilgan. Bugun biz shulardan biri bo‘lgan kraudfanding haqida to‘xtalamiz.

    Foto: “Noobpreneur.com”

    Foto: “Noobpreneur.com”

    Kraudfаnding (xalq moliyalashtrishi, ingl. crowd funding, crowd — “omma”, funding — “moliyalashtirish”) — insonlar (donorlar)ning jamoa bo‘lib birlashuvi bo‘lib, ular beg‘araz maqsadda o‘z mablag‘lari va turli resurslarini biror bir loyiha yoki maqsadni amalga oshirmoqchi bo‘lgan tashkilot yoxud insonga sarflashlari hisoblanadi. Odatda kraudfanding internet tarmog‘ida amalga oshiriladi.

    Jamoaviy beg‘araz moliyalashtirish (kraudfanding) Internetda tobora mashhur bo‘lib bormoqda. Ushbu mashhurlik to‘lqinini o‘z vaqtida aniqlagan holda amerikalik tadbirkorlar Kickstarter.com loyihasini ishga tushirishgan. Ushbu sayt mualliflarga amalga oshirmoqchi bo‘lgan g‘oyalari uchun investitsiya qidirish va jalb qilish maqsadida tashkil etilgan. Yuqoridagi sayt xizmatlaridan investitsiya qidirish maqsadida tadbirkorlar, ijodiy soha vakillaridan rejissorlar, yozuvchilar, musiqachilar, o‘yin ishlab chiqaruvchilar, rassomlar, ssenariy mualliflari birday foylanishlari mumkin.

    Kickstarter.com saytida kraudfandingning ishlash tartibi

    Loyihaning ishlash tartibi juda oddiy. Sayt foydalanuvchisi o‘z g‘oyasini ilgari suradi va yozma ravishda izohlaydi, kerakli bo‘lgan mablag‘ni ko‘rsatadi va mablag‘ni yig‘ishning eng so‘nggi muddatini belgilaydi. Ayrim hollarda foydalanuvchi beg‘araz moliyalashtiruvchilarga turli mukofotlar taklif qilishi mumkin, masalan o‘z logotipi tushirilgan futbolkalarni sovg‘a qilish.

    Shuni alohida ta’kidlash kerakki, barcha beg‘araz yordam pullari yaxshi maqsadlarda yig‘iladi va bepul futbolka loyihani amalga oshirish uchun pul tikkan insonlar olishi mumkin bo‘lgan yagona narsadir. Har qanday loyiha homiysi o‘zi pul tikkan loyihaning amalga oshirilishini kuzatishi mumkin, biroq loyiha muallifi foydasidan foiz olishga haqli emas, ulush yoki korxonani tashkil etishdagi aksiyalarga egalik qilish huquqiga ham ega emas.

    Yig‘ilgan pullar Amazon Payments tizimi yordamida yaratilgan maxsus hisobraqamga yo‘naltiriladi. O‘ziga ma’qul kelgan g‘oyalarga pul tikmoqchi bo‘lgan xohlovchilar pul miqdorini o‘zlari mustaqil belgilaydilar. Oldindan belgilangan muddat nihoyasiga yetsa mablag‘lar yig‘ilishi to‘xtatiladi. Agar belgilangan mablag‘ to‘plangan bo‘lsa, pullar muallifning hisobraqamiga o‘tkaziladi.

    Agar belgilangan miqdor tegishli muddatgacha yig‘ilmagan bo‘lsa ham pul yig‘ilishi baribir to‘xtatiladi va bekor qilinadi. Bu o‘z navbatida mualliflarni o‘z g‘oyalarini yanada tushunarliroq va ko‘proq insonlarni jalb qilish uchun qiziqarliroq qilib taqdim qilishga undaydi.

    Kickstarter jalb qilingan mablag‘lardan 5%, Amazon Payments esa o‘z navbatida qo‘shimcha 3—5% komission haq ushlab qolishadi. Mablag‘ va investitsiyalar jalb qilish uchun mo‘ljallangan boshqa ko‘plab forumlardan farqli o‘laroq, Kickstarter loyiha va ishlanmalarga nisbatan mulk huquqiga da’vo qilishmaydi, lekin sizdan olingan intellektual mulkni eksklyuziv bo‘lmagan turli maqsadlarda  foydalanishi mumkin. Shunga qaramasdan saytda amalga oshirilgan loyihalar saqlanib qoladi va barcha uchun ochiq sanaladi. Loyihani moliyalashtirish yakunlangandan keyin ham saytga yuklangan ma’lumotlar tahrir qilinishi yoki o‘chirilishi mumkin emas.

    Kickstarter ishtirokchilari saytni o‘z mahsulotlarini sotish va sinab ko‘rish uchun maydon sifatida foydalanishlari mumkin.

    Hozirda Kickstarter tizimidan faqat AQSh fuqarolari foydalanishlari mumkin. Biroq shunga o‘xshash tizimni bizning mamlakatimizda ham yaratishda aytarlik cheklanishlar yo‘q.

    Aslida kraudfanding O‘zbekiston uchun ham begona emas, amalda bu usuldan foydalanish holatlari mavjud. Masalan, biror bir kishining sog‘ligi yomonlashganda operatsiya yoki davolanish uchun zarur bo‘lgan pulni to‘plash kerak bo‘lsa internet ijtimoiy tarmoqlarida va turli saytlarda yordam so‘rab plastik karta raqamlarini qoldirgan holda murojaat etish holatlari mavjud. Bu ham kraudfandingning bir ko‘rinishi.

    Biroq kraudfandingni iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish va yangilik kiritish bo‘yicha qilinadigan loyihalardagi g‘oyalarni moliyalashtirishga yo‘naltirish juda muhim sanaladi. Shunday g‘oyalar borki, ular mavsumiy yoki bir martalik xarakterga ega, yaratuvchisiga moddiy manfaat olib kelmaydi, biroq jamiyatga juda katta foyda berishi mumkin. Aynan shu loyihalarni moliyalashtirishda kraudfandingning o‘rni beqiyosdir. Biroq bunda loyihani amalga oshiruvchi mablag‘ kelib tushadigan tashkilot yoki insonning naqadar ishonchli va maqsadli harakat qilishi masalasi asosiy o‘ringa ko‘tariladi. Ularning faoliyati shaffof va kuzatuvchilar uchun ochiq bo‘lishi lozim. Shundagina kraudfandingdan samara yuqori bo‘ladi.

    O‘zbekistonda bu borada kelgusida kichik loyihalarni moliyalashtirish uchun kraudfanding yo‘lidan foydalangan holda mablag‘ jalb qilish imkoniyatlari ochilishi mumkin. Chunki innovatsion iqtisodiyotning shiddat bilan rivojlanishi uchun o‘z vaqtida moliyalashtirish manbalari yetarli bo‘lishi talab etiladi. O‘ylaymizki, ushbu yo‘nalish tez orada bizning jamiyatda ham o‘z o‘rnini topadi.

    Tangishov Mansur, moliyachi ekspert

    07.02.2018, 11:14   Izoh (0)   16781
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Qarshi” aeroporti “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK tarkibidan chiqariladi

    07.02.2018, 09:31

    “O‘zbekiston havo yo‘llari” samolyotlarida qo‘ng‘iroqlar, SMS va internet imkoniyatlari joriy qilinadi

    07.02.2018, 09:24

    Farg‘ona viloyatida yo‘qolib qolgan qizcha o‘lik holda topildi

    07.02.2018, 09:03

    O‘zbekistonda 2017-yili suvdan foydalanish qoidalarini buzgan shaxslardan 600 mln so‘mdan ortiq jarima undirildi

    07.02.2018, 08:58

    Navoiy shahrida Alisher Navoiy ijodiy merosiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazildi

    07.02.2018, 08:42

    Toshkent IIBBga Yashnaboddagi maktab-internatda joylashtirilgan bomba haqida xabar berildi

    07.02.2018, 08:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 22:52

    Mark-Andre ter Shtegen “Barselona”dan ketishi mumkin

    Sport | 7 iyun, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bir-birini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:19

    Italiya A Seriyasida 2025/26-yilgi mavsum uchun taqvim eʼlon qilindi

    Sport | 7 iyun, 21:17

    Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:10

    O‘zbekistonliklar to‘rt oyda turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 20:00

    Qamchiq dovonida yo‘lning bir qismi vaqtincha yopilgan

    O‘zbekiston | 7 iyun, 19:11

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.