“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi havo kemalarida qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish, SMS-xabarlar jo‘natish va internetdan foydalanish imkoniyatlarini joriy qilish rejalashtirilmoqda. Bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Milliy aviatashuvchining havo kemalarida qo‘shimcha pulli xizmatlarni taqdim etish chora-tadbirlari rejasini 31-martga qadar tasdiqlash rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)