• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    AQShlik ekspert: O‘zbekiston ayni paytda AQSh uchun eng tez rivojlanayotgan bozor

    2017-yil sentabrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida qatnashish uchun AQShga bordi. Safar doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Nyu-Yorkda O‘zbekiston—Amerika biznes forumida qatnashib, Amerika kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb qilish maqsadida mahalliy tadbirkorlarga respublikada soliq, adliya, iqtisodiyot, sarmoya bobida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.

    Tadbirda 100 dan ortiq kompaniya vakillari ishtirok etdi. Bir nechtasi bilan umumiy qiymati 2,6 milliard dollarga teng shartnomalar imzolandi.

    Biznes forumda qatnashib, Prezident Shavkat Mirziyoyev fikrlarini tinglagan, AQSh kompaniyalariga yangi bozorlar haqida maslahat beruvchi Macro-Advisory Ltd. konsalting shirkati vakili Jey Pi Natkin bilan “Amerika ovozi” teleradiosi muxbiri Odil Ro‘zaliyev suhbat qurdi, deb yozadi O‘zA.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    — Janob Natkin, avvalambor, o‘z kompaniyangiz haqida ma’lumot bersangiz?

    — Macro Advisory Ltd. kompaniyasiga to‘rt yil oldin asos solganmiz. Biz Yevroosiyoda ishlamoqchi bo‘lgan kompaniyalarga makroiqtisodiyot va siyosat bobida maslahat beramiz, konsaltinglik qilamiz. O‘zbekistondan tashqari sobiq Sovet mamlakatlari hamda Eron va Mo‘g‘uliston bo‘yicha ishlaymiz.

    — Esingizda bo‘lsa, o‘tgan yili Nyu-Yorkda O‘zbekiston—Amerika biznes forumi o‘tkazilgan edi. Forum muvaffaqiyatli bo‘lgan, O‘zbekiston hukumati qator kompaniyalar bilan umumiy qiymati 2,6 milliard dollarga teng shartnomalar tuzgan. Siz ham o‘sha forumda qatnashgan edingiz, shunday emasmi?

    — Ha, shunday. Biznesimiz mintaqadagi vaziyatni aks ettiradi. So‘nggi yillarda, asosan, Rossiya, Qozog‘iston, Ozarbayjonda ishladik. Fortune jurnali tuzgan 500 ta yirik kompaniyaning O‘zbekistonda ishlashni istagan ba’zilari hozir xizmatlarimizga qiziqish bildirmoqda. Ular forumda ham qatnashdi. Siz ham shunga guvoh bo‘ldingiz. Fortune-100, Fortune-500 ro‘yxatlariga kirgan AQSh va xalqaro kompaniyalarning vakillari qatnashdi. Ba’zilari shartnoma, ba’zilari anglashma memorandumlarini imzolab, biznes va sarmoyalari uchun yo‘l ochishga muvaffaq bo‘ldi.

    — O‘zbekistondagi yangi hukumat to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalarni jalb qilish uchun iqtisodiy va boshqa sohadagi islohotlarni e’lon qildi. Siz bu islohotlardan nimalarni kutyapsiz?

    — Shu kungacha ko‘rganlarimiz ko‘zni quvontirmoqda. Valyuta konvertatsiyasini ta’minlash, nazarimda, eng katta islohotlardan biri. Albatta, so‘nggi 28 yilda yangi davlatlarning islohotlar haqidagi bayonotlarini ma’lum darajada istehzo va ishonchsizlik bilan qabul qilish tabiiy holat bo‘lsa kerak. Quruq gap bilan ish bitmaydi. Ammo qisqa muddat ichida O‘zbekistonda sezilarli o‘zgarishlarga guvoh bo‘ldik. Konvertatsiyadan tashqari, viza islohoti hamda iqtisodiyotning muhim qismi bo‘lgan kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga turtki berish ham bizni ruhlantirmoqda. Talab va o‘sishni ta’minlashda, iste’molchi va xaridor bo‘lmish haqiqiy o‘rta sinfning kelib chiqishida kichik va o‘rta biznesning roli katta.

    — Sizningcha, Nyu-Yorkdagi biznes forum ayrim kompaniyalarning O‘zbekistonda ish boshlashga qaror qilishida muhim omil bo‘ldimi?

    — O‘zimizni oladigan bo‘lsak, biz konsalting kompaniyasi bo‘lganimiz uchun ishimiz mijozlarimiz buyurtmasiga bog‘liq. Mintaqani kuzatar ekanmiz, O‘zbekistondagi ijobiy o‘zgarishlarga guvoh bo‘ldik. Forumda katta qiziqish borligini ko‘rdik. O‘zbekiston — 30 milliondan ziyod aholiga ega bozor, qo‘shni Qozog‘istondan ikki baravar ko‘p. Bozor turib qolgan, talab potensiali katta. Konvertatsiya va boshqa islohotlarni ko‘rayotgan xorijiy sarmoyadorlar ana shu imkoniyatni ishga solishi mumkin. Arzon bozorlarni topish qiyin emas. Biz mijozlarimizga islohotlar haqida ma’lumot berib, ularning shu bozorlarga kirishini osonlashtiramiz.

    — Raqamlar haqida gaplashsak.

    — Raqamlar u qadar muhim emas, siyosat muhimroq. Nyu-Yorkda Prezident Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan ziyofat paytida davlat rahbari sarmoyalarni jalb qilish uchun qanday ishlarni amalga oshirmoqchi bo‘lganini sanab o‘tdi va o‘zi bilan kelgan hukumat delegatsiyasidagi muayyan rasmiylarni qisqa muddat ichida muayyan ishlarni amalga oshirishda mas’ul qilib tayinladi. Biz bunday yondashuvni juda kam ko‘ramiz, o‘rganmaganmiz va bu bizni quvontirdi, chunki hukumat islohotlarni amalga oshirish majburiyatini jiddiy qabul qilmoqda. Kompaniyalar quruq gapga ishonmaydi, haqiqiy qadamlarni ko‘rishni, berilgan va’dalarning bajarilishini istaydi. Prezident shuncha odamning oldida bu majburiyatni olgani barchani quvontirdi.

    — Siz forum paytida va forumdan keyin gaplashgan kompaniyalar umidga to‘la demoqchimisiz?

    — Albatta. O‘zbekiston ayni paytda biz uchun eng tez rivojlanayotgan bozor. Buni yirik kompaniyalar bildirayotgan qiziqishdan bilsa bo‘ladi. Turli jabhadagi kompaniyalar bilan ishlaymiz. Ishlab chiqarish, xalq iste’moli mollari, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika va sog‘liqni saqlash, energetika sohalari shular jumlasidan. Bu kompaniyalar sarmoya kiritish, mintaqada daromadini oshirish ustida o‘ylanmoqda.

    — Siz forumda gaplashgan kompaniyalarning O‘zbekistonga doir qanday xavotirlari bor?

    — Ularning xavotirini ikki toifaga bo‘lish mumkin. Birinchisi, mintaqani yaxshi bilmasliklari, O‘zbekistonni yaxshi tushunmasliklari. AQShdagi yirik kompaniyalar rahbarlarida xalqaro tajriba kamlik qiladi. Xalqaro kompaniyalarda vaziyat o‘zgacha. Ularning katta xodimlari xorijda ko‘p ishlagan. Masalaning ikkinchi tomoni shuki, ko‘plab kompaniyalar O‘zbekistondagi siyosiy, iqtisodiy, bozor islohotlariga umid bilan qaramoqda. Ammo kattaroq sarmoya qilish uchun ular konkret natijalarni ko‘rmoqchi.

    — Siz bilan ishlayotgan kompaniyalarning yangi bozorga kirishi uchun o‘rtacha qancha vaqt kerak bo‘ladi?

    — Sohaga qarab, kompaniya siyosatiga qarab har xil bo‘ladi. Hamma uzoq muddatli strategik sarmoyani turlicha belgilaydi. Biznes muhitni o‘rganish vaqtiga ham ko‘p narsa bog‘liq. Masalan, energetikani oladigan bo‘lsak, neft va gaz bilan ish qiluvchi kompaniyalar yangi konlarni ochish, dengiz tubidan yoqilg‘i qazish kabilar yirik kapital talab qiladi. Bunday sarmoyalar uzoq muddatli bo‘lib, 20, 30, 40 yillik bo‘lishi mumkin. Bunday sharoitda bozorni o‘rganish ancha uzoq vaqt oladi. Savdo-sotiq bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar, ishlab chiqarishda band qo‘shma korxonalar, xalq iste’moli mollarini olib kirayotgan firmalarga ish boshlash uchun ko‘p vaqt kerak bo‘lmaydi.

    — Ko‘p hollarda O‘zbekiston va Qozog‘istonni bir-biriga qiyoslab turishadi. Siz ularni qanday qiyoslagan bo‘lardingiz?

    — Ularni solishtirish to‘g‘ri emas. Bular bir-biridan keskin farq qiluvchi mamlakatlar. Bir mintaqada joylashgan bo‘lsa-da, qo‘shni bo‘lsa-da, madaniyatlari farqli, ish olib borish muhiti turlicha. Qozog‘iston iqtisodiyoti ko‘proq tabiiy resurslarga tayanadi, yirik yoqilg‘i bozori, minerallar, qazilmalarga asoslangan sanoatlarga ega. Qishloq xo‘jaligi rivojlanmoqda, yaxshilanyapti, boshqa sohalari ham. O‘zbekistonda esa qishloq xo‘jaligi ancha rivojlangan, iste’mol bozori o‘smoqda, aholisi 30 milliondan oshiq, o‘rta sinf tezroq rivojlanmoqda, shakli hozircha sal boshqacha bo‘lsa ham. Bu ikki davlatni bir qatorga qo‘yib bo‘lmaydi.

    06.02.2018, 12:52   Izoh (0)   14003
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    2021-yilga borib O‘zbekistonda yiliga 11,1 million tonna ko‘mir qazib olinadi

    06.02.2018, 12:42

    Ikki kishini o‘ldirishda gumon qilinayotgan O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istonda ushlandi

    06.02.2018, 12:20

    Taxtako‘pirda “Agro kompleks Qoraqalpog‘iston” O‘zbekiston — Amerika qo‘shma korxonasi qurilishi boshlandi

    06.02.2018, 12:10

    O‘zbekistonda import xomashyo asosida o‘simlik moyi ishlab chiqaruvchi tadbirkor va korxonlalar 1 yilga QQSdan ozod etildi

    06.02.2018, 11:46

    Buxoroda Matiz’dagi gaz balloni portlashi oqibatida haydovchi va yo‘lovchi halok bo‘ldi

    06.02.2018, 11:20

    “O‘zbekiston havo yo‘llari” Seuldan Urganchga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysni amalga oshirdi

    06.02.2018, 10:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35

    “Liverpul” Vinisius uchun “Real”ga katta summa taklif qildi

    Sport | 14 iyul, 21:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.