O‘zbekistonda demografik o‘sish hamda mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi sabab ko‘mir yoqilg‘isiga bo‘lgan talab tobora oshib bormoqda, deb xabar beradi “Xalq so‘zi”.
2017-yilda respublikada ko‘mir mahsulotiga bo‘lgan talab 4,8 million tonnani tashkil etgan va bu ehtiyoj to‘liq qoplangan.
Ko‘mir tarmog‘i korxonalarini barqaror va muvozanatli taraqqiy ettirish, ustuvor investitsiya loyihalarini tezlashtirilgan holda amalga oshirish, ko‘mir va ko‘mir mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetkazib berish hajmini oshirishni ta’minlash maqsadida, iqtisodiy sektor, ijtimoiy soha tarmoqlari va aholining kelgusidagi talablari inobatga olingan 2017 — 2021-yillarda ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi tasdiqlangan.
“Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ma’lum qilinishicha, rivojlantirish dasturi tarmoqni modernizatsiyalash orqali uning mavjud imkoniyatlarini oshirish bilan birga, yangi qurilishni ham o‘z ichiga olgan. Mazkur dasturga binoan, 2021-yilga kelib respublikada ko‘mir qazib olish hajmi 2017-yildagi 4,0 million tonnaga nisbatan 11,1 million tonnani tashkil qiladi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)