AQSh IShID terrorchilik guruhi ustidan erishilgan g‘alabadan so‘ng qo‘shinlarning Iroqdan Afg‘onistonga ko‘chirilayotganligini tasdiqladi. Bu haqda Pentagon vakili Erik Pexon bayonotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Bu haqiqatda shunday, biroq qo‘shinlar soni va o‘zgarishlarga aniqlik kirita olmayman”, — dedi u.
Avvalroq Iroq hukumati vakili AQSh mamlakatdan qo‘shinlarni olib chiqa boshlaganligini tasdiqlagan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)