• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Surxondaryoda qishda kamida 1350 abituriyent talabaga aylandi. Ular yarim semestrda bir yillik o‘quv dasturini o‘zlashtiradi

    Surxondaryo viloyatida 1-fevraldan uchta yangi oliygoh ish boshladi. Termizda Toshkent davlat pedagogika universiteti (TDPU) va Toshkent tibbiyot akademiyasi (TTA)ning filiallari ish boshlagan bo‘lsa, Denovda Termiz davlat universiteti (TerDU)ning faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Pedagogika universitetining Termiz filiali va Denovdagi TerDU filiali ta’lim mutaxassislarini tayyorlashga ixtisoslashgan bo‘lsa, TTAning Termiz filiali, tushunarli holki, bo‘lajak shifokor kadrlarni o‘qitadi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Nega aynan pedagogika va tibbiyot oliygohlari?

    Viloyatda o‘qituvchi va shifokorlarga ehtiyoj yuqori. Masalan, viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning so‘zlariga ko‘ra, Surxondaryoda 3 200 dan ortiq oliy ma’lumotli shifokor yetishmaydi (O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) esa biroz boshqacharoq raqamlarni keltirmoqda — viloyatda kamida 1880 nafar malakali shifokorga ehtiyoj mavjud); vohaning shifokorlar bilan ta’minlanish darajasi — 48 foiz. Yangi oliygohlar mana shu bo‘shliqni to‘ldirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.

    Bundan tashqari, O‘zAning qayd etishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev 19—20-yanvar kunlari Surxondaryoga amalga oshirgan safari chog‘ida viloyatdagi ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlarida mavjud muammolarni bartaraf etish, kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar bergan. Qayd etish joiz, pedagogik yo‘nalishdagi har ikki yangi oliygohda sirtqi ta’lim yo‘nalishlari bor.

    Qancha talaba o‘qishga qabul qilindi?

    Bu boradagi raqamlar bir-biridan biroz farq qilmoqda. Aniqrog‘i, Surxondaryo viloyatidagi rasmiy manbalar va O‘zA e’lon qilgan raqamlar o‘rtasida kelishmovchilik bor.

    “Surxon tongi” gazetasi xabariga ko‘ra, Tibbiyot akademiyasining filiali 300 nafar, Pedagogika universiteti filiali esa 520 nafar talabani o‘qishga qabul qilgan. Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning Facebook’dagi sahifasida e’lon qilingan raqamlar “Surxon tongi”niki bilan bir xil va bir qo‘shimcha ham bor — Denovdagi filialga 530 kishi o‘qishga kirgan (jami — 1350 nafar; taqqoslashgan uchun — Termiz davlat universiteti 2017/2018 o‘quv yilida 1800 nafar talabani o‘qishga qabul qilgan).

    O‘zA Tibbiyot akademiyasi va Pedagogika universiteti filiallari qabul qilgan talabalar soni haqida “Surxon tongi” va Erkinjon Turdimov sahifasi bilan bir xil raqam keltirgan, biroq Denovdagi oliygohga 700 ga yaqin talaba qabul qilingani haqida yozgan. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi saytida faqat yangi OTMlar ishga tushayotgani haqida xabar berilgan xolos.

    O‘qishga qabul qilingan talabalar haqida

    “Surxon tongi”ning yozishicha, TTAning Termiz filialida o‘qishni boshlagan talabalar Davlat qabul komissiyasining 23-yanvardagi 12-sonli bayonnomasi bilan o‘qishga kirgan. Ular Surxondaryodagi barcha tumanlar kesimida saralab olingan va ularning ish joyi hozirdanoq aniq.

    TTA Termiz filiali. Foto: O‘zA

    TTA Termiz filiali. Foto: O‘zA

    Pedagogika universiteti filialiga Termiz shahri, Termiz, Angor, Sherobod, Muzrabot, Qiziriq, Boysun va Jarqo‘rg‘on tumanlarida istiqomat qilayotganlar qabul qilingan. Surxondaryo televideniyesi axborotiga ko‘ra, ular orasida Sherobodning Poshxurt qishlog‘idagi 33-maktabda 28 yildan beri dars berib kelgan boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi ham bor.

    Surxondaryo viloyati hokimining Facebook’dagi sahifasida yozilishicha, Denovdagi oliygoh Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Oltinsoy, Sariosiyo, Uzun va Denov tumanlaridan talabalikka qabul qilinganlar uchun “iqtisodiy qulay”. Qayd etishlaricha, o‘qishga qabul qilinganlarning bari to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydi.

    O‘zA va Surxondaryo televideniyesida talabalik baxtiga erishganlardan ba’zilarining intervyulari e’lon qilingan — ular avvalgi yillarda pedagogika va tibbiyot yo‘nalishidagi OTMlarga hujjat topshirib, yiqilgan abituriyentlardir.

    “Termiz davlat universitetiga uch yil hujjat topshirib, imtihondan yiqilganman. Uchinchi yil rus tili fakultetiga o‘qishga kirish uchun imtihon topshirib, 98 ball bilan yiqildim. Fevral oyida esa universitetga o‘qishga qabul qilishdi. Xursandchiligimning cheki yo‘q”, — deydi TDPU Termiz filialiga o‘qishga qabul qilingan jarqo‘rg‘onlik Mahliyo Tog‘aynazarova.

    “Shifokorlik kasbini egallash uchun uch yildan buyon oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirdim. O‘tgan yili ham 196 ball bilan o‘qishga kirolmadim. Mana, bugun quvonchimning cheki yo‘q. Talabalar safidan o‘rin oldim. Tumanimizdan uncha uzoq bo‘lmagan shaharda o‘qish baxtiga muyassar bo‘lganimdan ota-onam ham xursand”, — deydi sho‘rchilik Farrux Allanazarov.

    “O‘g‘lim Akmaljon bolalikdan shifokor bo‘lishni orzu qilardi. Shu maqsadda o‘tgan yili Toshkent tibbiyot akademiyasiga hujjat topshirdi, lekin uning o‘qishga qabul qilinishiga bir necha ball yetmay qoldi, xolos. Mana, bugun farzandimning orzusi ushalib, birinchilar qatorida talabalar safidan o‘rin oldi”, — deydi Termiz tumanida yashovchi Gulnoza Berdiqulova.

    Ular birinchi kursni qachon tugatadi? Ularga kim dars beradi?

    O‘quv yilining yarmi ortda qolib ulgurganiga qaramay, O‘zbekiston oliy va o‘rta va maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidovning so‘zlariga ko‘ra, uchala filialda ham birinchi kurs dasturi alohida ishlab chiqilgan rejalar asosida o‘quv yilining oxirigacha to‘liq bajariladi. “Buning uchun hamma sharoitlar yaratildi, Toshkent shahridan tayanch oliy ta’lim muassasalarining tayanch o‘qituvchilari jalb etilyapti, Termizdagi mavjud ilmiy, pedagogik salohiyatdan foydalanilyapti”, — dedi vazir Surxondaryo televideniyesiga bergan intervyusida.

    TDPU Termiz filiali. Foto: O‘zA

    TDPU Termiz filiali. Foto: O‘zA

    Xususan, “Surxon tongi”ning yozishicha, TDPU Termiz filialida talabalarga 40 dan ortiq professor va o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya beradi, ularning 15 nafari ilmiy darajaga ega.

    “Prezidentimiz bu yerdagi dars mashg‘ulotlari Toshkentdagi bazaviy oliy ta’lim muassasasidan sifat jihatdan hech qancha kam bo‘lmasligi kerakligi, qolaversa, Toshkentdagi professor o‘qituvchilar darslarni masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda o‘tishini belgilab bergandilar. Bugungi kunda uchala filialda ham Toshkentdagi oliy ta’lim muassasasida bo‘layotgan dars mashg‘ulotlari parallel ravishda olib borilyapti. Bugun kun texnika va texnologiyalari bunga imkon beradi”, — deya qo‘shimcha qildi Inomjon Majidov.

    Masalan, O‘zAning qo‘shimcha qilishicha, TTA Termiz filialidagi o‘qishning birinchi kunidayoq Toshkentdagi akademiya professor-o‘qituvchilari onlayn rejimda dastlabki ma’ruzalarni o‘qigan.

    05.02.2018, 12:11   Izoh (0)   28741
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namangandagi Qur’on musobaqasi davom etmoqda

    05.02.2018, 12:04

    O‘zbekistonlik umra ziyoratchilari Makka shahriga yetib bordi

    05.02.2018, 10:52

    O‘zbekistonda spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini tranzit qilish soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi

    05.02.2018, 10:47

    O‘zbekistonda uch kun ichida ikkinchi marta YPX inspektorini urib ketishdi

    05.02.2018, 10:39

    2018-yilda Toshkent shahrida o‘rtacha maosh miqdori 3 million so‘mni tashkil etadi

    05.02.2018, 10:18

    O‘zbekistonda kasb-hunar kollejlarida o‘qish pulli bo‘ladi

    05.02.2018, 09:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Muhabbat va nafrat orasi bir qadam. “Yolg‘onchi” Tramp va “telba” Mask o‘rtasidagi mojaro ijtimoiy tarmoqlarni portlatdi

    Dunyo | 6 iyun, 14:00

    Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqqan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga mashina sovg‘a qilinadi

    Sport | 6 iyun, 13:54

    Osiyodan yana bir terma jamoa ilk marta mundial yo‘llanmasiga ega chiqdi

    Sport | 6 iyun, 12:36

    Endilikda ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr energiyasi uchun yil bo‘yi kompensatsiya beriladi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 12:35

    O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Dehli shahrida “Markaziy Osiyo - Hindiston” ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 11:50

    Infantino: “Butun dunyodagi muxlislar O‘zbekistonning JCHdagi debyutini kutmoqda”

    Sport | 6 iyun, 11:21

    O‘zbek va turkman kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Maxtumquli Firog‘iy” filmi Londondagi kinofestivalda xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 11:04
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.