Erkin konvertatsiya tufayli almashuv kursiga bog‘liq ayrim xizmat turlari tariflarining oshirilishi inflyatsiya darajasida asosiy omil bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Iqtisodiyot vazirligi mutaxassislarining fikricha, qiymati eng kam oylik ish haqiga bog‘liq xizmat turlari tariflarining ortishi ham inflyatsiya darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.
2017- yilda almashuv kursi va minimal ish haqiga bog‘liq xizmatlar hamda markazlashtirilgan tarzda belgilanadigan xizmatlar tariflarining o‘sishi kuzatildi.
Xususan, havo transporti xizmatlari 48,2 foiz, temir yo‘l transporti 17,7, mobil aloqa va internet 31,4 foiz, maktabgacha ta’lim muassasalari tariflari 8,3 foiz, huquqiy va bank xizmatlari 15,0 foizga oshgan bo‘lib, ularning umumiy inflyatsiya darajasiga ta’siri 7,6 foizni tashkil etdi.
Izoh (0)