Davlat rahbarining 3-fevraldagi farmoyishiga muqofiq Prezident matbuot xizmatining tarkibiy bo‘linmalarida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Prezidentning rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Xususan, Prezident matbuot xizmati huzurida yangi tashkil etilgan media-markaz direktori etib Salixov Husan Ravshanovich tayinlandi.
Matbuot xizmatining axborot-tahliliy ishlar sho‘basi bosh konsultanti etib Azimov Xurshid Ma’murovich, Usmonov Bobirbek Sobirovich mazkur sho‘baning yetakchi konsultanti etib tayinlandi. Shuningdek, Samadov Anvar Jovliyevich Prezident matbuot xizmati tadbirlarni tayyorlash va yoritish sho‘basining yetakchi konsultanti etib tayinlandi.
Izoh (0)