Har yili dunyo bo‘yicha o‘n millionga yaqin bemorda yomon sifatli shish aniqlanmoqda. Rossiyada bunday tashxis ilk bor bir yil davomida 600 ming kishiga qo‘yildi. Bu haqda Moskva onkologik ilmiy tadqiqot instituti direktori Andrey Kaprin ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
4-fevral Onkologik xastaliklarga qarshi kurashish xalqaro ittifoqi tomonidan onkologiya haqida xabardorlikni oshirish uchun Saratonga qarshi kurashish xalqaro kuni deb e’lon qilingan.
“Hozirgi paytda dunyoda har yili o‘n million onkologik bemor paydo bo‘lmoqda. Bu har kuni 27 ming kishiga onkologik tashxis qo‘yilayotganligini anglatadi. Biz xastalikka ta’sir qila olmaymiz, biroq erta aniqlash va davolanishni boshlashga ta’sir ko‘rsata olamiz”, — deydi Kaprin.
Yomon sifatli o‘sma erta bosqichida aniqlansa, 85 foizga yaqin bemor besh yillik yashash ko‘rsatkichiga ega bo‘ladi.
Izoh (0)