Turkiya janubidagi Xatay viloyatida 17 yoshli qiz raketa hujumi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “Vestnik Kavkaza” xabar bermoqda.
Bu borada Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim bayonot berdi. Uning aytishicha, raketa Suriya hududidan uchirilgan.
“Kurd harakatlari Afrinda Turkiya tinch fuqarolarga zarba berayotgani haqida qora targ‘ibot olib bormoqda. Aslida esa ularning hujumlaridan bizning fuqarolarimiz jabr ko‘rmoqda. Bugun Xatay viloyatidagi hujumda fuqaromiz, 17 yoshli maktab o‘quvchisi Fotima Avlar halok bo‘ldi”, — dedi bosh vazir.
Izoh (0)