AQSh prezidenti Donald Tramp Kongress oldida “Mamlakatdagi vaziyat” nutqi bilan chiqish qila turib, Xitoy va Rossiya AQSh manfaatlari va iqtisodiyotiga tinchlikka tahdid qiluvchi rejimlar va terrorchilik guruhlari jangarilari bilan baravar qarshi chiqayotganligini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Butun dunyo bo‘ylab manfaatlarimiz, iqtisodiyotimiz va qadriyatlarimizga qarshi harakat qilayotgan tinchlikka tahdid qiluvchi rejimlar, terrorchilik guruhlari hamda Rossiya va Xitoy kabi raqiblarga duch kelmoqdamiz”, — dedi Tramp.
Izoh (0)