Yangi Zelandiyalik baliqchi syorfing bilan shug‘ullana turib, 11 kilogrammlik olabug‘ani qo‘li bilan tutib oldi. Bu haqda Stuff.co.nz nashri xabar berdi.
Jeyson Groukott syorfing taxtasida qirg‘oqdan uzoqlashganda o‘zidan 60 metr masofada yirik olabug‘a suzgichlarini payqab qoldi.
Groukott baliq tomonga yo‘nalib, uning ortidan suvga sho‘ng‘imoqchi bo‘lib turganda olabug‘aning o‘zi uning taxtasiga qarab sakradi. Baliqchi uni dumi va jabrasidan tutib, tezda arqon bilan taxtaga bog‘lab qo‘ydi.
Sohilga chiqqanda baliq 11 kilogramm ekanligi aniq bo‘ldi. Groukott bu kabi baliqni tutish uchun qarmoq bilan minglab soat o‘tirgani, biroq 4,5 kilogrammdan ortiq olabug‘a tuta olmaganligini ta’kidlaydi.
Izoh (0)