27-yanvar kuni soat 11:50 da fuqaro B.K. ning Yunusobod tumanidagi uyida yong‘in sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari voqea joyiga yetib borib, yong‘inni bartaraf qildi. Bu haqda vazirlikning Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qilindi.
Voqea joyiga yetib borgan qutqaruvchilar maxsus gidravlik vositalar yordamida temir panjaralarni demontaj qilib, uy tomini ochib, o‘tni o‘chirdi. Shuningdek, uydan qimmatbaho mol-mulklar olib chiqildi.
Izoh (0)