• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Qozoniston” — qishda sayohat qilish mumkin bo‘lgan “issiq” o‘lka (foto)

    Tatariston Respublikasi prezidenti Rustam Minnixonovning o‘tgan yilning sentabr oyida O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifidan so‘ng Tatariston va O‘zbekiston o‘rtasida turistik aloqalarni rivojlantirish borasida bir qator bitimlar imzolandi va ularning ijrosini ta’minlash maqsadida amaliy sa’y-harakatlar yo‘lga qo‘yildi. Joriy yilning 25-yanvar kuni Tatariston hukumatining taklifi bilan o‘zbekistonlik jurnalistlardan iborat delegatsiya Qozon shahrining turistik salohiyatini yoritish maqsadida rus o‘lkasiga tashrif buyurdi. Quyida “Daryo” muxbiri Fozilbek Yusupov Tatariston safari taassurotlari bilan bo‘lishadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “O‘zbekturizm” tomonidan tashkillashtirilgan 6 kunlik safar 25-yanvar, payshanba kunidan boshlandi. Ertalab soat 9:00 da Toshkent xalqaro aeroportida to‘planib, ro‘yxatdan o‘tish jarayonini boshlab yubordik. Shu kunga qadar aeroportdagi nazoratning odamni “ezvoradigan” darajada ekanligi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning xizmat ko‘rsatish darajasi borasida ancha-muncha salbiy fikrlarni eshitganim uchun biroz bo‘lsa-da ko‘ngil xushlamay aeroport ostonasiga qadam qo‘ydim. Balki menga shunday tuyulgandir, balki birinchi parvozim bo‘lgani uchun yetarlicha ahamiyat bermagandirman, biroq aeroport xodimlari kutganimdan butunlay o‘zgacha — xushmuomala bo‘lib chiqdi. Tekshiruv jarayonlari juda tez, yuklarni ortish, ro‘yxatdan o‘tish 10 daqiqaga ham bormadi. “Qizil” va “yashil” yo‘laklarning joriy etilgani sayohatga otlanganlar uchun ayni muddao bo‘libdi. Yoningizda 2000 dollardan ko‘proq valyuta bo‘lsa, sizni “Qizil yo‘lak”ka kuzatishdi, undan kam bo‘lsa “Yashil yo‘lak”ka. Boshqa hech qanday tekshiruv yo‘q: “Qancha olib ketyapsan?”, “Nega olib ketyapsan?”, “Kimga olib ketyapsan?” bu kabi savollar aeroport xodimlarining lug‘atidan butunlay o‘chirib tashlanibdi.

    10:30 ga mo‘ljallangan parvozimiz 15 daqiqa kechikdi. Uchuvchi yuzaga kelgan noqulaylik uchun kechirim so‘rab, Qozonga o‘z vaqtida yetib borishimizga va’da bergan holda samolyot dvigatelini ishga tushirdi.

    Ekonom-klassda uchganimizga qaramay, o‘zimni shohona his qila boshladim. Juda xushmuomala va yuzidan tabassum arimagan styuardessalar har bir yo‘lovchiga sidqidildan xizmat qila boshladi (balki bunga so‘nggi kunlarda amalga oshirilgan o‘zgarishlar sababdir, eslatib o‘taman, “O‘zbekiston havo yo‘llari” direktori Ulug‘bek Ro‘ziqulov 22-yanvar kuni lavozimidan ozod etilgandi).

    Toshkentdan Qozon shahrigacha 2600 kilometr bo‘lib, uni bosib o‘tish uchun 3 soat kerak bo‘ldi. Parvoz davomida yo‘lovchilar uchun istalgan turdagi ichimliklar (alkogoldan tashqari albatta) taklif etildi, tushlik tortildi. Diqqatimni tortgan narsa bu albatta tushlik bo‘ldi. Menyudan qaynatilgan guruch, ikki dona kotlet, shuningdek, somsa, pishiriq, uch xil turdagi kolbasa, ananas bo‘lagi, sariyog‘, murabbo hamda bir qator ziravorlar o‘rin olgan. Bundan tashqari, o‘rik turshagi va yeryong‘oq solingan paketchalar 3 soatlik parvoz zerikishlarsiz o‘tishidan dalolat berib turardi. Oxirgi marta bunaqa rang-barang taomnomani Yangi yil dasturxonida ko‘rganman faqat. Menga qolsa 9 soat uchsag-u, shu bahona 3 marta ovqatlanib olsam. Ammo keltirilgan noz-u ne’matlarni yarmini yeyishga ham ulgurmay to‘yib qoldim. Yoshi endigina 40 dan oshgan styuardessa idishlarni yig‘ib ketayotganida ortidan ancha vaqtgacha termulib turdim. Qisqasi yoqdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Qorin to‘yganidan keyin odamni uyqusi keladi, shunga ko‘zim ilinibdi. Qancha uxlaganimni bilmayman, samolyotimiz bir qattiq silkinganida uyg‘onib ketibman. Qo‘rqqanimdan kalima keltira boshlagan edim, yonimdagi sherigim biqinimga bir turtdi: Qo‘nib bo‘ldik, tinchlaning.

    Illyuminatordan qarasam rostdan ham yerdamiz. Atrof oppoq qor. Toshkentda shortikda yo‘lga chiqqanlar sumkalarini ichidan juni bor shimlarini qidirishga tushdi. Axir bu yerdagi harorat -12 daraja sovuq. Nega bu yil Toshkentda qor yog‘maganini endi tushundim, hamma qor Qozonda ekan. Yarim metrli qor odamning baxri-dilini ochib yuboradi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Samolyotdan tushib avtobus orqali aeroportga yetib oldik. Bir soat o‘tar-o‘tmas bojxona nazoratini yakunlab, tashqarida bizni kutib turgan minibusga chiqdik. Shu yerda bir kichik muammo yuzaga keldi. Delegatsiya tarkibida televideniye vakillari bo‘lganligi va ularning bir eshak arava ashqol-dashqollari, kamera, shtativ va yana men nomini bimaydigan bir qator narsalari borligi sabab ularni o‘tkazishni istashmadi (aniqrog‘i, ularning professional kameralarini). Mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, bu turdagi kameralarning narxi deklaratsiyada ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak emish, ammo ular bizda bu turdagi qog‘ozbozlikka barham berilganini qayerdan bilsin. Yuzaga kelgan muammo haqida bizni kutib olishi kerak bo‘lgan gid qizni ogoh etdik. Zum o‘tmay u yetib keldida, bojxonachilarning rahbariga vaziyatni tushuntirdi. U ham hammasini tushunib turganini, ammo hujjatsiz o‘tkaza olmasligini, turizm qo‘mitasidan bir parcha xat kerak ekanligini ma’lum qildi. Bir nechta qo‘ng‘iroqdan so‘ng, hujjatlar faks orqali yetib keldi va biz 30 daqiqadan keyin yo‘lga otlandik. Gid qiz hamda bojxona rahbari noqulaylik uchun uzr so‘rab, bizni kuzatib qo‘ydi. Aeroportdan Qozon shahrigacha 30 daqiqalik yo‘l – atrof to‘la oq qayin.

    Shahar markazidagi Korston mehmonxonasiga yetib keldik (aytishlaricha, mehmonxonaning to‘rtta yulduzi bormush), bizga atalgan nomerlarga kirib, joylashdik. Ertaga bizni uzoq va sovuq ekskursiya kutar edi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ma’lumot uchun: Qozon – Tatariston Respublikasining poytaxti (Rossiyaning “uchinchi poytaxti” ham deyiladi) bo‘lib, Volga daryosining chap qirg‘og‘ida, Kazanka daryosining unga quyilish joyida o‘rnashgan, bu yerda 1,3 million aholi istiqomat qiladi. Qozon shahri nomining kelib chiqishi haqida bir nechta afsonalar mavjud: afsonalardan biriga ko‘ra, odamlar o‘zlari uchun yangi makon qurish maqsadida jodugarning yoniga boradi. Jodugar qozonni shunday joyga qo‘yinglarki, uni tagiga olov yoqmasalaring-da uni ichidagi ovqat qaynasin deb buyuradi. Odamlar qidira-qidira shu yerga — Kazanka daryosining qirg‘og‘iga qozonni o‘rnatadi va u hech qanday olovsiz qaynay boshlaydi. Yana bir afsonaga ko‘ra, shahar shu yerdagi Kaban ko‘lida yashovchi ilonlar podshohi ajdar Zilant sharafiga nomlangan (aynan u Qozonning ramzi hisoblanadi). Shahar 2005-yilda o‘zining ming yilligini nishonlagan, shunday ekan Toshkent undan ikki barobarga ham hudud, ham yosh jihatidan katta.

    Shahar relyefi past-balandliklardan iborat, yo‘llar chetida XVIII-XIX asrga oid inshootlar bisyor, biroq avtomobillar harakatlanadigan yo‘llar tor. Bularda yo‘l qurish uchun uning chetidagi binolarni buzib tashlash odati yo‘q ekan. Shunga qaramay, shaharda deyarli tirbandlik yuzga kelmaydi va haydovchilar faqatgina favqulodda holatda mashina signalini chalishadi.

    Shahar o‘rtasiga ulkan “qozon” o‘rnatilgan. Ammo unda osh damlab bo‘lmaydi, bu FHDYo binosi bo‘lib, butun umr birga “qozon”da qaynashni istaganlar yoshlarning nikohlari qayd etiladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Qozon TripAdvisor nashirining 2014-yildagi reytingida turistik yo‘nalish bo‘yicha rivojlanayotgan dunyodagi eng yaxshi shaharlar qatoridan 8-o‘rinni, Yevropadagi shaharlar orasidan 3-o‘rinni egallagan

    26-yanvar, ekskursiyaning birinchi kuni.

    Ertalab 9:00 gacha mehmonxonada nonushta qilishga kelishib olganimiz sabab soat 8:30 da birinchi qavatdagi kafega tushdim. Qarasam, hech kim yo‘q, ketib qolishgan bo‘lsa kerak deb o‘ylay boshladim. Ammo kafening xodimlari ham ko‘rinmasdi. Sekin ortimga qaytib, resepshndan so‘rasam soat endi 6:30 bo‘libdi. O‘zbekistondan uchishda soatimni to‘g‘rilab qo‘yish esimdan chiqqan ekan…

    Kunni Qozon Kremliga sayohatdan boshladik. YuNESKO butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Kremlning maydoni 13 gektarga teng bo‘lib, uning ichida o‘nlab muzey, shahardagi eng katta masjid – Kul Sharif, Blagoveshensk sobori va albatta prezident Minnixonovning rasmiy qarorgohi joylashgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Kremlni 2 soat davomida aylanib chiqib, Tatariston respublikasining milliy muzeyiga yo‘l oldik. Hali uchdan ikki qismi to‘liq bitmagan ushbu muzeyni dastur doirasida tez-tez aylanib chiqishimizning o‘ziga 2 soatdan ortiqroq vaqt ketdi. Muzey ichidan o‘lka tarixiga oid eksponatlar, tarixiy yodgorliklar o‘rin olgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Muzeydan keyingi bekat – tatar milliy oshxonasidagi tushlik bo‘ldi. “Tatar qo‘rg‘oni” restoranining eshigini oldida bizni tatar xalqining milliy kuylari va raqslari ostida kutib olishdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Taomnomadan qazi go‘shtiga qilingan ko‘za sho‘rva va o‘zimizni tuxumbarakka o‘xshash taom (kabartma) o‘rin olgan ekan. Faqat xamir ichiga kartoshka pyure solinib, sariyog‘da qovurilgan. Umuman olganda, o‘zimni uydagidek his qildim, faqat bularda choy ovqatning oxirida berilishi ozgina noqulaylik tug‘dirdi. Shu sababli har birimizni finjonimizga choy quyib berayotgan qizdan samovarni qoldirib ketishini iltimos qildik. Axir shu sovuqda qaynoq choy ichmasdan yurib bo‘larmidi?!

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Qorin to‘ydi. Manzilimizning keyingi bekatu Chak-chak muzeyi bo‘ldi. XIX asrda qurilgan xususiy muzey haqiqiy tatar an’analarini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, u yerdagi xodimlar milliy liboslarda xizmat qilardi. Avvaliga bizga chak-chak tarixi, uning qanday tayyorlanishi borasida hikoya qilib berishdi. So‘ng barchamiz samovardan choy ichib, chak-chak tanovul qildik (mazasi xuddi o‘zimiznikidaka ekan).

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Muzeydan chiqib, kunning so‘nggi manzili – “Arish maye” tatar arog‘i do‘koniga yo‘l oldik. Bu yerda spirtli ichimlikning yuzlab turi sotilar, mehmonlar uchun alohida degustatsiya uyushtirildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Do‘kondan chiqib yana ovqatlandik. Bu safar Double Tree by Hilton Kazan City Center mehmonxonasining restoranida. Bu yerdagi taomnoma Yevropa oshxonasiga oid bo‘lgani va bizning yurtimizdagilar u haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lgani sabab alohida to‘xtalib o‘tirmayman.

    Soat 19:00 va biz yana “o‘zimizning” mehmonxonamizda yetib keldik.

    Kun kutganimdan ham yaxshi o‘tdi. Tatar xalqining mehmondo‘stligi biznikidan kam emasligiga amin bo‘ldim…

    28.01.2018, 21:20   Izoh (0)   63951
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Xoh Rossiya bilan, xoh Rossiyasiz” Eron AQSH qo‘llovidagi Zangizor koridoriga qarshi chiqishini ma’lum qildi

    Dunyo | 10 avgust, 12:15

    O‘zbekistonda hafta boshida harorat yana ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 11:45

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Manchester Siti” “Palermo”ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Husanov bir taym o‘ynadi (video)

    Sport | 10 avgust, 11:44

    O‘zbekistonda umraga yuboruvchilar bo‘yicha “Sirli mijoz” yashirin nazorat tadbirlari o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 11:20

    Muhammad Saloh “falastinlik Pele” o‘limi tafsilotlarini aytmagani uchun UEFAni tanqid qildi

    Dunyo | 10 avgust, 10:44

    Bolgariyada cho‘kayotgan qizni qutqarmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik yigit halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 09:31

    O‘zbekistonda malakasini oshirmoqchi bo‘lganlarga “kasb vaucheri” beriladi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 08:52

    Yerdan 4 yarim yorug‘lik yili uzoqligida yangi sayyora va yulduz aniqlandi

    Dunyo | 10 avgust, 00:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.