Osiyo futbol konfederatsiyasi rasmiy sayti Xitoy mezbonlik qilayotgan 23 yoshgacha futbolchilar ishtirokidagi Osiyo Chempionatining eng ilg‘or futbolchilari haqida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, “Nasaf” vakili Odil Hamrobekov sheriklariga eng ko‘p pas oshirgan futbolchi bo‘lib turibdi. Jami 5 ta o‘yinda ishtirok etgan Odil 384 ta aniq pas berishga ulgurgan. Qatarlik Tariq Salmon hisobida esa 292 ta pas bor va u ikkinchi o‘rinda ko‘rilgan. Bugun bo‘lib o‘tadigan final o‘yinida maydonga tushsa, Hamrobekov raqiblaridan yana-da o‘zib ketish imkoniga ega bo‘ladi.

Foto: OFK

“Paxtakor” hujumchisi Zabihillo O‘rinboyev esa darvozaga eng ko‘p marta zarba yo‘lladi — 14 ta. U Janubiy Koreya bilan o‘yinda gol urishga ham erishgandi. Hozircha boshqa futbolchiga buncha zarba yo‘llash nasib qilmagan.

Foto: OFK

Osiyoning 2015-yildagi eng yaxshi futbolchisi Doston Hamdamov eng ko‘p vaziyat yaratgani bilan yodda qoldi. U 5 ta uchrashuvda 11 ta xavfli hujumni boshlashga erishdi. Janubiy Koreya termasi vakili Li Kun Xo hisobida ham shuncha vaziyat bor.

Foto: OFK