Kecha — 25-yanvar kuni O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov o‘z vakolatlarini Ochilboy Ramatovga topshirdi va o‘zi formati o‘zgargan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidentining birinchi vitse-prezidenti etib tayinlandi.
O‘FF hisobot-saylov konferensiyasi oldidan Umid Ahmadjonov prezidentligida amalga oshirilgan ishlar video-hisobot tarzida taqdim etildi. Uni quyida tomosha qilish mumkin. Qayd etish kerak, Ahmadjonov o‘tgan yilning sentabr oyida Mirabror Usmonovni almashtirib, O‘FF prezidenti etib saylangandi. Keyinroq Ahmadjonov Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti etib tayinlandi va O‘FF rahbarligini Ramatovga topshirdi.
Izoh (0)