• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Islom Karimovning kelinoyisi Birinchi Prezident haqidagi xotiralari bilan bo‘lishdi

    O‘zbekiston Birinchi Prezidentining akasi Quddus Karimovning turmush o‘rtog‘i Taklifa Karimova hamda uning mahalladoshi Abdulla ota Dadajonov Islom Karimov haqidagi xotiralari bilan bo‘lishdi. “Zarafshon” gazetasi ularning gaplaridan iqtibos keltirib o‘tdi.

    Suratda: Taklifa Karimova, Sanobar aya (I.Karimovning onasi), Mehriniso Karimova (I.Karimovning opasi). Arxiv

    Suratda: Taklifa Karimova, Sanobar aya (I.Karimovning onasi), Mehriniso Karimova (I.Karimovning opasi). Arxiv

    Taklifa Karimova, Samarqand shahridagi “Qo‘shbaqqolli” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi:

    – Men bo‘lg‘usi Prezident oilasiga 1964-yilda kelin bo‘lib tushganman. To‘yning ertasi kuniyoq bu oilada o‘zaro inoqlik, mehr, ilmga tashnalik benihoya yuqori ekanini anglaganman.

    Islom Karimov oilada yettinchi farzand bo‘lib, opasi Mehriniso hamda aka-ukalari bilan ahil-inoq yashar, ular bilan o‘zaro ilmiy va aqliy tortishuvlar qilib turardi. Ayniqsa, turmush o‘rtog‘im Quddus Karimov bilan fan, sport, ta’lim-tarbiya, diniy va dunyoviy bilimlar borasida mudom bahslashardi.

    O‘sha paytlarda Islom Karimov Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida ishlar, Samarqandga har ikki-uch oyda kelib turardi. Har kelganida xo‘jayinim bilan tarix, iqtisodiyot va astronomiya sohasida fikr almashardi, tonggacha bahslashishardi. Bir safar “Dadasi, ukangiz yosh bo‘lsa-da, kattalardek fikrlaydi, ong, tafakkur doirasi o‘ta keng. Buning sababi nimada?” — deb so‘radim. “Kitobni sevishida, mutolaa qilish, o‘qib-izlanishdan erinmaganligida”, — dedi va bir voqeani aytib berdi. “Urush yillaridan keyin otamiz Abdug‘ani aka Ishtixon tumanidagi “zagotkontora” (o‘sha vaqtda shunday nomlangan)ga ishga o‘tdi va shu sababli Islom Mitan shaharchasidagi maktab-internatda tahsil oldi. To‘rtinchi sinfda o‘qib yurganida 2-sinf o‘qituvchisi qattiq betob bo‘lib qoladi va uch-to‘rt oy maktabga kela olmasligi oydinlashadi. Shunda maktab-internat direktori 4-sinf o‘quvchisi – ukam Islomga ishonch bilan o‘sha sinf o‘quvchilarini o‘qitib turishni topshiradi. Yosh Islom bu ishonchni oqilona uddalash uchun kechalari uxlamay o‘qiydi, o‘z ustida ishlaydi. Natijada uch oy davomida o‘quvchilarni o‘qituvchidan kam bo‘lmay o‘qitadi. Uning bu salohiyati nafaqat maktabda, balki tumanda alohida e’tirof etiladi”.

    Islom Karimov ana shunday chuqur bilim, iste’dod va iqtidor egasi edi. Buni men yaqin odami, qarindoshi sifatida ellik yillik o‘zaro munosabatlarimiz davomida teran anglaganman.

    Abdulla ota Dadajonov,Samarqand shahri, Dahbediy mahallasi:
    – Islom Karimov bilan bir mahallada yashaganimdan doim qalbimda cheksiz iftixor tuyib yurganman.Mahallamiz ahli foydalanadigan katta, ko‘rkam va tiniq hovuz Islom Karimov yashaydigan xonadon qarshisida edi. Bu yerdagi bir tup tut va o‘rik daraxti hovuzga ertadan kechgacha salqinlik berib, suvning mo‘tadilligi va muzday bo‘lishini ta’minlardi. Islomning bolaligi ana shu hovuz atrofida do‘stlari bilan turli o‘yinlar o‘ynash, kitob o‘qish, dars qilish, varrak va samolyot yasash bilan o‘tgan.

    Kechagiday ko‘zim oldida, ertalab hovuzdan suv olishga kelsam, Islom tut soyasiga ko‘rpacha tashlab, dars qilib o‘tirgan bo‘lardi. Qo‘lidan doim kitob tushmasdi. Men akasi Ikrom bilan do‘st edim. Uyiga ko‘p borardim, dadasi Abdug‘ani aka o‘ta oqil, zukko, samimiy inson edi. Shuning uchun biz, bolalar bilan erinmay suhbatlashar, orzu-umidlarimiz, shu kunlarda qilayotgan ishlarimiz haqida so‘rar, zarur maslahatlar berardi. “Shaxmat, shashka kishi aqlini charxlaydi, bo‘sh vaqtlaringni behuda o‘tkazmay, jilla qursa, bir-bir yarim soat shaxmat yo shashka o‘ynanglar”, — derdi. Islom Karimov olti aka-uka edi. Ko‘pincha birgalashib shashkaning “Burchak” deb ataladigan turini o‘ynardik. Islom shaxmatni ham, bu o‘yinni ham mohirona o‘ynar, hammamizni yutardi. Ammo vaqtni juda qadrlar va darhol yana dars qilishga sho‘ng‘ib ketardi.

    26.01.2018, 08:56   Izoh (0)   115877
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Aqto‘bedagi avtobus halokati qurbonlariga bag‘ishlangan xayriyada qariyb 220 mln so‘m yig‘ildi

    26.01.2018, 08:27

    O‘zbekistondagi barcha maktablarda kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi o‘quvchi bo‘ladi

    25.01.2018, 23:37

    Miroboddagi mehmonxonada Qashqadaryoda firibgarligi uchun qidiruvga berilgan shaxs qo‘lga olindi

    25.01.2018, 23:21

    Shahand qishlog‘idan chiqqan akademik o‘zi o‘qigan maktabga keldi

    25.01.2018, 22:43

    Quvalik ikki fuqaro 6 ming dollar bilan ham Janubiy Koreyaga borolmadi

    25.01.2018, 22:32

    O‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining fikrlari, o‘zbek futbolining yangi rahbari, hayot uchun kurashayotgan 15 igna tiqilgan bolakay va kunning boshqa muhim xabarl...

    25.01.2018, 20:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport O‘rta Chirchiq tumanida qurilishi mumkin

    O‘zbekiston | 12 avgust, 14:42

    Krishtianu Ronaldu farzandlarining onasi Jorjina Rodrigesga turmush qurish taklifini berdi (foto)

    Sport | 12 avgust, 14:25

    Norvegiya Isroilga kiritgan investitsiyalarini qaytarib oladi

    Dunyo | 12 avgust, 14:10

    UFC jangchisi Maykl Peyj Drikus va Chimayev o‘rtasidagi bahsning favoriti kim ekanini aytdi

    Sport | 12 avgust, 13:57

    O‘zbekistonda sun’iy intellektdan foydalangan holda shaxsga doir ma’lumotlar tarqatilishi oldi olinadi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 13:45

    Eronda ayol 11 nafar erini o‘ldirganlikda ayblandi

    Dunyo | 12 avgust, 13:19
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.