26-yanvar kuni Chexiyada prezident saylovining ikkinchi turi boshlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Birinchi turda eng yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan ikki nomzod ikkinchi turga o‘tdi. Bular — amaldagi davlat rahbari Milosh Zeman (birinchi turda unga saylovchilarning 38,56 foizi ovoz berdi) hamda Fanlar akademiyasining sobiq raisi Yirji Dragosh (26,6 foiz).
Ikkinchi turda 8,5 million saylovchi ishtirok etadi.
Izoh (0)