Toshkent shahar IIBB jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlab yurgan shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qildi.
Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida 1988-yilda tug‘ilgan fuqaro Xolmurodov Jamoliddin Abdujalilovich shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida Reabilitatsiya markaziga olib kelingan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirdar davomida J.A. Xolmurodov muqaddam O‘zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 3-qismi (bosqinchilik) bilan sudlanganligi va jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati Samarqand tuman sudining ajrimiga asosan, unga nisbatan axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanganligi, biroq J.A. Xolmurodov jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlab, ro‘yxatda bo‘lgan Samarqand viloyatidagi manzilida yashamasdan, Toshkent shahri hududida yurganligi aniqlangan.
Hozirda uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Izoh (0)