Venesuelaning amaldagi prezidenti Nikolas Maduro davlat rahbari lavozimiga yangi saylovlarda ishtirok etishini tasdiqladi. Bu haqda 24-yanvar, chorshanba kuni respublika aloqa va axborot vazirligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Sizlarga ma’lum qilamanki, prezidentlik saylovlarida nomzodimni ilgari suraman, ishchi klassidan nomzodlik qilaman”, — dedi siyosatchi.
O‘tgan seshanba, 23-yanvar kuni Venesuela Konstitutsiyaviy assambleyasi ovoz berish joriy yilning 30-apreliga qadar o‘tkazilishi lozimligini belgiladi. Avvalroq saylovlar ikkinchi yarimyillik yakunida tashkil etilishi taxmin qilingan edi.
Izoh (0)