O‘zbekiston delegatsiyasi Ispaniyadagi Avila tarixiy shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat turizm qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi UzDaily.
O‘zbekiston delegatsiyasi FITUR 2018 turizm yarmarkasida ishtirok etish uchun 15—22-yanvar kunlarida Ispaniyada bo‘lib turmoqda.
Delegatsiya tarkibiga Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Xorazm viloyati, Xiva va Hazorasp shaharlari hokimiyatlari, shuningdek ispaniyalik sayyohlarni jalb etishga ixtisoslashgan sayyohlik kompaniyalari vakillari kirdi.
Xiva shahri hokimi Erkin Yoqubovning so‘zlariga ko‘ra, Xiva va Avila qardosh shaharlarga aylanishi mumkin. Ikki tarixiy markaz ma’muriyatlari o‘rtasida muzokaralar olib borilmoqda.
Izoh (0)