30-yanvardan Samarqand shahrida “Vokzal – Siyob bozori” yo‘nalishi bo‘yicha 2-tramvay liniyasi rasman ishga tushadi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Yangi yo‘nalish bo‘yicha sinov safari 25-yanvarda o‘tkaziladi. Yetkazib kelingan travmaylar ayni vaqtda ekspluatatsiyaga tayyorlanmoqda. Bekatlar ham shay qilib qo‘yilgan.
“Vokzal – Siyob bozori” yo‘nalishi 5 kilometrdan iborat bo‘lib, 18 ta bekatni o‘z ichiga olgan. Har qatnov oralig‘i — 7 daqiqa. Yo‘lovchi bu yo‘nalishda shahar vokzalidan Siyob bozoriga 20 daqiqada yetib olishi mumkin.
Kelgusida Samarqand shahrida 3-tramvay liniyasini ishga tushirish rejalashtirilgan. 23,2 kilometr uzunlikdagi bu liniya shaharning Buyuk ipak yo‘li ko‘chasidan Kimyogarlar shaharchasiga qadar harakatlanadi.
Izoh (0)