Aqto‘be-Irgiz yo‘lida o‘zbekistonliklar bo‘lgan yana bir avtobus ishdan chiqdi, deb xabar beradi O‘zA.
Avtobusda qozog‘istonlik uch haydovchi, 47 o‘zbekistonlik va 6 rossiyalik kishi bo‘lgan.
“Chimkent – Ufa” yo‘nalishi bo‘ylab yo‘lga chiqqan Setra avtobusi buzilib, Qalibay ovulidan 24 chaqirim yerda turib qolgan.
Viloyat favqulodda vaziyatlar departamenti vakillari yo‘lda qolganlarning hammasini xavfsiz joyga ko‘chirgan. 26 kishi isitish punktiga, 27 kishi "Qalibay" trassa tibbiy-qutqarish bekatiga vaqtincha joylashtirilgan. Jabrlanganlar yo‘q.
Oldinroq 58 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘tirgan avtobus Qozog‘istonning Pavlodar viloyatida qutqarib qolingani xabar qilingan edi.
Izoh (0)