Bollivudda Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqida film suratga olinishi mumkin, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Yaxshi hikoya har qanday tilda yaxshi eshitiladi, bunday film olish imkoniyatiga ega bo‘lishni istardim”, — dedi Dharma Productions kompaniyasi rahbari Karan Johar, amerikalik hamkasbi Oliver Stounning Putin haqidagi filmiga munosabat bildirar ekan.
Johar, shuningdek, Rossiya va Hindiston kinematografi o‘rtasidagi hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashini, Rossiyada suratga olish ishlarini olib borish niyati borligini aytdi.
Izoh (0)