Janubiy Koreya hukumati anonim bank hisoblaridan kriptovalyutalarning har qanday tranzaksiyalari taqiqlanishini e’lon qildi. Bu haqda BBC News ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.
Yangilik 30-yanvardan kuchga kiradi. Bundan buyon kriptovalyutalarning virtual hamyonlari sohiblari ularni real bank hisoblari bilan bog‘lashi, shuningdek, o‘z shaxsini tasdiqlashi shart.
Bundan tashqari, chet elliklar va voyaga yetmaganlarning Janubiy Koreya hududida kriptovalyutalar bozoriga investitsiya kiritishi taqiqlanadi. Bu chora virtual valyutalar bozoridan pullarni yuvish uchun foydalanishga chek qo‘yishga qaratilgan.
Izoh (0)