Chimkentda harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobusida yong‘in yuzaga keldi, deb yozadi Kazakhstan Today.
Chimkent IIB xodimlari kuzatuv kameralari orqali 10:50 da Jibek Joli ko‘chasida harakatlanayotgan avtobusda yong‘in chiqqanligini ko‘rdi. Yong‘in tezda bartaraf etilgan.
Politsiya “Shaulin” markasidagi avtobus 22-yo‘nalish bo‘yicha harakatlanganini aniqladi. Yong‘in chiqqanda unda ikki yo‘lovchi va haydovchi bo‘lgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Voqea joyi politsiya tomonidan qurshab olingan. Hodisa sabablari aniqlanmoqda.
Izoh (0)