Italiya A seriyasining so‘nggi olti yillikdagi chempioni “Yuventus” bugun — 22-yanvar tunida “Jenoa”ni qabul qiladi va 21-tur bellashuvlarini yakunlaydi.
Yakshanba oshqomida esa A seriya muxlislari 9 ta bellashuvni tomosha qildi. Peshqadam “Napoli” o‘zining muvaffaqiyatli yurishini davom ettirib, markaziy o‘yinlardan birida “Atalanta”ni taslim qildi. Shu tariqa “Yuventus” bugun zafar quchgan taqdirida ham neapolliklardan o‘zib keta olmaydigan bo‘ldi.
Turning chinakkam markaziy o‘yini “San-Siro”da kechib, “Inter” unda Rim yetakchisini taslim qila olmadi. Tomonlarning “Olimpiko”da kechgan 1-davra o‘yinida milanlik futbolchilar 3:1 hisobida zafar quchgandi. Bu safar Spaletti jamoasi mag‘lubiyatdan arang qutilib qoldi.
Gattuzo boshchilik qilayotgan “Milan” esa va nihoyat ketma-ket ikki turni o‘z foydasiga hal qilib, 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ketma-ket ikki g‘alaba milanliklarga shu mavsum faqatgina ikki marta nasib qilgandi. Klubni Gattuzo qabul qilib olganidan keyin bunday hol ilk bor kuzatildi.
Italiya A seriyasi 21-tur o‘yinlari 21-yanvar, yakshanba
“Atalanta” — “Napoli” 0:1
Gol: Dris Mertens, 65 (0:1).“Sassuolo” — “Torino” 1:1
Gollar: Joel Obi, 26 (0:1). Domeniko Berardi, 54 (1:1).“Sampdoriya” — “Fiorentina” 3:1
Gollar: Fabio Kvalyarella, 30 (1:0). Fabio Kvalyarella, 60 (2:0). Fabio Kvalyarella, 68 (3:0). Karlos Sanches, 80 (3:1).“Latsio” — “Kyevo” 5:1
Gollar: Luis Alberto, 23 (1:0). Manuel Puchcharelli, 25 (1:1). Sergey Milinkovich-Savich, 32 (2:1). Sergey Milinkovich-Savich, 68 (3:1). Bashtush, 83 (4:1). Luish Nani, 86 (5:1).“Kalyari” — “Milan” 1:2
Gollar: Nikolo Barella, 8 (1:0). Frank Kessi, 36-pen (1:1). Frank Kessi, 42 (1:2).Chetlatishlar: Rikardo Rodriges, 80 (M). Nikolo Barella, 88 (K).“Inter” — “Roma” 1:1
Gollar: Stefan El-Shaaravi, 31 (0:1). Matias Vecino, 86 (1:1).22-yanvar, dushanba“Yuventus” — “Jenoa” 00:45
Izoh (0)