Afg‘oniston hukumat kuchlari oxirgi sutkalardagi maxsus operatsiyalar davomida kamida 92 jangarini yo‘q qildi, 44 nafari jarohat oldi. Bu haqda 22-yanvar, dushanba kuni mamlakat milliy mudofaa vazirligiga tayanib, Bakhtar agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Operatsiyalar milliy harbiy-havo kuchlari ko‘magida mamlakatning shimoliy (Faryob, Balx, Hirot, Qunduz), g‘arbiy (Farah, Nimroz), janubiy (Hilmand, Zabul, Qandahor), sharqiy (Lagman, Logar, Xost) va markaziy qismida (Uruzgan) amalga oshirildi. To‘rt nafar jangari qo‘lga olinganligi ta’kidlanmoqda.
Oxirgi vaqtlarda sharqiy va janubiy afg‘on viloyatlari, shuningdek, respublika shimolida ekstremistlar pozitsiyalarining kuchayishi kuzatilmoqda.
Izoh (0)