Milliy xavfsizlik xizmati va IIV xodimlari Suriyadagi terrorchi tashkilotga qo‘shilishga uringan Toshkent shahrining Olmazor va Yunusobod tumanlarida yashovchi ikki fuqaroni qo‘lga oldi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Tekshiruv davomida qo‘lga olinganlar Facebook tarmog‘i orqali terrorchi tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatgani va fuqarolarni jihodda ishtirok etishga taklif etgani ma’lum bo‘ldi.
Ular o‘z faoliyati uchun moddiy qo‘llab-quvvatlangani bildirilmoqda.
23 nafar fuqaro qo‘lga olinganlar ta’siriga tushishga ulgurgan, hozir ularga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)