Gruziya parlamenti raisi Irakliy Kobaxidze boshchiligidagi delegatsiya 20-yanvar, shanba kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Tashrif dasturidan Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, shuningdek, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasida uchrashuvlar, mamlakat hukumatida muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan. Ularda O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.
Tashrif doirasida Oliy Majlis bilan Gruziya parlamenti o‘rtasida parlamentlararo hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolanishi kutilmoqda.
Delegatsiya a’zolari Samarqandga tashrifi chog‘ida Birinchi Prezident qabriga gul qo‘yadi, diqqatga sazovor joylarni ziyorat qiladi.
Izoh (0)