O‘zbekiston U23 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Yaponiga qarshi bellashuv oldidan o‘z fikrini bildirdi. Haydarov Osiyo Chempionati U23 chorak finali doirasidagi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etgandi.
Murabbiyning qayd etishicha, futbolchilar ruhiyati ustida ishlash boshlangach, jamoa ketma-ket ikki turda zafar quchgan va chorak final masalasini hal qilgan.
Ertangi o‘yin Tailanddagi musobaqa finalidan tamomila farq qiladi. Chunki Osiyo Chempionati butunlay boshqa masala. Uning ilk o‘yini mag‘lubiyat bilan boshlangach, biz futbolchilar ruhiyati ustida ko‘p ishladik. Shu tariqa ketma-ket ikki turda zafar quchdik.O‘zbekiston termasi Tailanddagi xalqaro turnir finalida Yaponiya bilan duch kelib, 2:2 hisobidagi durang o‘ynagan va penaltilar seriyasiga ko‘ra zafar quchgandi.Ravshan Haydarov, O‘zbekiston U23 bosh murabbiyi
Yaponiya yaxshi jamoa. O‘ylashimcha, ular ham Tailanddagi turnir finalidagi jamoadan farq qiladi. Biz raqibni yaxshi o‘rgandik. Ertaga o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatmoqchimiz. Bu borada shogirdlarimga ishonaman.O‘zbekiston va Yaponiya termalarining yarim final yo‘lidagi o‘yini ertaga — 19-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 13:00 da start oladi.Ravshan Haydarov, O‘zbekiston U23 bosh murabbiyi
Izoh (0)