O‘zA ekspert Akmal Abduraimovning O‘zbekistonda transportdan foydalanish narxlari boshqa mamlakatlarga nisbatan ancha past degan fikrlari bilan bo‘lishdi.
Toshkentdagi jamoat transportining narxi Kiyevdagidan 1,3 marta, Pekindagidan — 3,3 marta, Istanbuldagidan — 4,7 marta, Moskvadagidan — 6 marta, Rigadagidan — 8,7 marta, Seuldagidan — 7,3 marta, Venadadagidan — 15,3 marta arzon.
Yoki Toshkent — Termiz — Toshkent (deyarli 700 km) yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta hozirgi paytda 109,4 AQSh dollariga teng bo‘lsa, Qozog‘iston va Rossiyada xuddu shu masofaga uchib borish uchun qariyb 2 barobar (198,10 dollar va 194,6 dollar) Germaniyada 2,2 barobar (219,4 dollar) ko‘proq pul to‘lash kerak bo‘ladi.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi parvozlari faqat eng zamonaviy qulayliklarga ega samolyotlarda amalga oshiriladi. Ammo narxlari, ayniqsa ichki yo‘nalishlarda, o‘rtacha dunyo qiymatidan ancha past. Bundan pastroq narxlar faqatgina “loukoster”, ya’ni xizmat darajasi va samolyotlari belgilangan narxlariga mos kompaniyalarda bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston sarhadlarida aviaparvozlar faqatgina eng yuqori xavfsizlik talablariga javob beradigan kompaniyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun: 2017-yil ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda oylik ish haqining o‘rtacha miqdori 2017-yilning yanvaridan sentabrigacha bo‘lgan davrda 1 453 200 so‘mni tashkil qilgan. Bu rasmiy kurs bo‘yicha 112 AQSh dollariga teng demakdir.
Rossiyada esa ushbu ko‘rsatgich 35 369 rublni, ya’ni 624 dollarni tashkil etadi.
Izoh (0)