Dubayda 5 mingdan ortiq yuk mashinasi nazorat qiluvchi intellektual qurilmalar bilan jihozlanadi, deb yozadi UAEInside.
Qurilmalar transport vositalaridagi nosozliklarni masofadan aniqlaydi va haydovchining yo‘llardagi xulq-atvorini nazorat qiladi.
“Yuk mashinalariga o‘rnatilgan qurilmalar transport vositalari va yo‘llarni boshqarish xizmati monitoring markazi bilan bog‘lanadi. Xizmat yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini ta’minlash va nosozliklarni aniqlash uchun og‘ir transport vositalari haydovchilarini masofadan monitoring qiladi”, — deydi monitoring bo‘yicha agentlik direktori Muhammad Nabxan.
Ushbu tadbirning ikkinchi bosqichi 15 yildan ortiq ishlayotgan yuk mashinalariga qaratiladi. 2019-yilning avgustidan trekerlar 10 yildan ortiq xizmat qilayotgan yuk mashinalariga o‘rnatiladi.
“Intellektual qurilmalar transport vositasining to‘qnashuvi, tezlikni oshirish, kutilmaganda to‘xtash, dam olishsiz uzoq vaqt haydash, tezlikni xavfli oshirish, keskin burilish va taqiqlangan soatlarda haydash kabi holatlarni aniqlay oladi”, — deya qo‘shimcha qiladi Nabxan.