Amerikaning Ogayo shtati Franklin okrugi prokuror o‘rinbosari sud zalida 16 yoshli sudlanuvchiga qarata o‘t ochdi. Bu haqda WCPO telekanali xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
O‘smirga nisbatan o‘qotar qurolni qo‘llash bilan tahdid qilish haqidagi ish 17-yanvar, chorshanba kuni voyaga yetmaganlarning ishlari bo‘yicha sudda kunning birinchi yarmida ko‘rib chiqilayotganligi ta’kidlanmoqda.
Sud zalida prokuror o‘rinbosari, o‘smir va uning oila a’zolari o‘rtasida ixtilof yuzaga kelgan. Mansabdorni yiqitib, do‘pposlay boshlashgan. U o‘t ochishga majbur bo‘lgan va sudlanuvchiga jarohat yetkazgan.
O‘smir shifoxonaga yetkazilgan, biroq u jarohati tufayli halok bo‘lgan.
Izoh (0)