Xitoy mezbonlik qilayotgan 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida guruh bosqichi o‘yinlari yakuniga yetdi va chorak finalga yo‘llanma olgan barcha termalar nomi ma’lum bo‘ldi.
“D” guruhining so‘nggi turida avstraliyalik futbolchilar Janubiy Koreyadan 2:3 hisobida yengilib, Osiyo Chempionati bilan xayrlashdi. Suriya esa Vyetnam bilan golsiz durang o‘ynab, musobaqani tark etadigan bo‘ldi.
Chorak final bellashuvlaridan 2 tasi 19-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi, yana 2 tasi 20-yanvarda tashkil etiladi. O‘z oldiga chempionlik vazifasini qo‘ygan Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O‘zbekiston terma jamoasi yarim final yo‘lida Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi.
Osiyo Chempionati U23 Chorak final 19-yanvar, juma
Qatar — FalastinYaponiya — O‘zbekiston
20-yanvar, shanbaIroq — VyetnamJanubiy Koreya — Malayziya
Izoh (0)