Xalqaro tadqiqotchilar guruhi ilk bor 1827-yilda vafot etgan insonning deyarli to‘liq genomini tikladi. Olimlar maqolasi Nature genetics jurnalida chop etilgan. Bu haqda MedicalXpress sayti press-relizida ma’lum qilindi.
DNK namunasini olish uchun yaroqli to‘qimalar qolmaganligi sababli olimlar uning avlodlari genetik materiallarini o‘rgandi.
DNK Karib dengizidagi Santa-Krus orolida Daniya mustamlakasida dunyoga kelgan qora tanli qul Gans Jonatanga tegishli bo‘lgan. U keyinchalik Islandiyaga qochib kelib uylangan va uch nafar farzandli bo‘lgan.
Olimlar Islandiya genealogik ma’lumotlar bazasini tahlil qildi va Jonatanning 182 avlodini topdi. Ulardan har biri ajdodi genomining kichikroq qismiga ega edi. Bu tadqiqotchilarga sobiq qul genomining katta qismini tiklash, shuningdek, uning nasl-nasabini taxmin qilish imkonini berdi. Olimlar uning onasi afroamerikalik, otasi esa oq yevropalik bo‘lgan deb hisoblamoqda.
Izoh (0)