AQShda 13 nafar farzandini qamoqxona sharoitlarida saqlagan 49 yoshli Anna Terpinning singlisi unga jiyanlari bilan ko‘rishishga ruxsat berishmaganligi haqida hikoya qildi. Bu haqda New York Post nashriga tayanib, ForumDaily xabar bermoqda.
“Biz ulardan tashvishlanar edik, chunki bu g‘alati edi. Biroq hech narsa qila olmadik. Ular hech kimni yaqinlashtirmas, biz ularning manzilini ham bilmas edik”, — deydi Luiza Anna Terpinning singlisi Yelizaveta Jey Flores.
“Uni 19 yil ko‘rmadim. Vaqti-vaqti bilan telefon orqali gaplashar edik, biroq har safar bolalar bilan gaplashishni so‘raganimda u menga ruxsat bermas edi. Hammasi bunchalik ekanligini kutmagan edim”, — deya hikoya qiladi u.
Flores uning ota-onasi ham bolalarni ko‘ra olmasdan vafot etganligini ta’kidladi.
Izoh (0)