Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yuklarni chetdan olib kelish (olib chiqish) bo‘yicha vaqtinchalik ruxsatnoma olish uchun elektron ariza berish xizmati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Xizmat davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan bepul taqdim etiladi.
Mazkur xizmat “O‘zbekiston Respublikasida tovarlar va transport vositalarini vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) shartlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-apreldagi 106-sonli qaroriga asosan joriy etildi.
Izoh (0)