O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining buyrug‘iga asosan Toshkent va Qashqadaryo viloyatining prokurorlari o‘zgardi. Bu haqda bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib, UZ24 xabar berdi.
Unga ko‘ra, Bahodir Po‘latov Toshkent viloyati prokurori lavozimiga, Botir Yusupov Qashqadaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.
Bunga qadar Bahodir Po‘latov Qashqadaryo viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan.
Botir Yusupov esa bugunga qadar Samarqand viloyati prokuraturasi tizimlarida turli lavozimlarda ishlagan. Jumladan, u 2017-yilda Samarqand tumani prokurori sifatida faoliyat yuritgan.
Izoh (0)