• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ona tili darsliklaridagi xatoliklarga qachon barham beriladi?

    O‘zAda ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Muhammad Valining ona tili fani bo‘yicha boshlang‘ich va umumiy o‘rta ta’lim dasturlari orasidagi ayrim nomuvofiqliklar xususidagi maqolasi chop etildi.

    Foto: “Eduportal.uz”

    Foto: “Eduportal.uz”

    Bugun mamlakatimiz ta’lim tizimidagi yangilanish va o‘zgarishlar yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Zamonaviy maktablar, yangi darsliklarni ko‘rib, ko‘z quvonadi. Demak, endigi muhim vazifa - yaxshi o‘qitish va yaxshi o‘qish. Yangi o‘quv yili boshlangach, bu borada o‘qituvchi va o‘quvchilarning saviyasi qanday ekanligi bilan qiziqib, bir necha maktablarda bo‘ldik. O‘tkazilgan savol-javoblar o‘qituvchi va o‘quvchilarning saviyasi talab darajasida ekanligini ko‘rsatdi. Ehtimolki, savollar soddaroq bo‘lgandir. Bilmadim. Shunday bo‘lsa bordir. Lekin muloqot jarayonida yuz bergan ayrim tortishuvlar bizni befarq qoldirmadi.Biz savol-javob jarayonida o‘quvchilardan iloji boricha osonroq tushunchalarni so‘radik. Masalan, “Gap bo‘laklari” mavzusini. Bu mavzu 3-sinf o‘quvchisiga ham yaxshi tanish. 4—5-sinf o‘quvchilarining barchasi bosh bo‘laklar sifatida ega va kesimni tilga olishdi. 8-sinf o‘quvchilarining bir qismi bosh bo‘lak deb kesimni bilishar ekan, bir qismi esa ega va kesimni...

    Hayratimiz oshib, darslik va dasturlarni bir-biriga solishtirib ko‘rdik. 3-sinf “Ona tili” darsligi (S.Fuzailov, M.Xudoyberganova, Sh.Yo‘ldosheva. T., “O‘qituvchi” NMIU, 2014) ning 42-betida ega va kesim gapning bosh bo‘laklari deyiladi: “Ega va kesim gapning bosh bo‘laklaridir. Ular birgalikda gapning asosini tashkil etadi. Gapning kim yoki nima haqida aytilganini bildiradigan bo‘lagi ega deb ataladi. Gapning egasi haqida nima deyilganini bildirgan bo‘lak kesim deyiladi. Kesim gapning boshqa bo‘laklarini o‘z atrofida birlashtiradi.

    Bolalar maktabda o‘qiydilar. Bu gapda bosh bo‘lak ikkita: kimlar? Bolalar (ega), nima qiladilar? O‘qiydilar (kesim). Bolalar o‘qiydilar - gap bolalarning mashg‘uloti (o‘qishi) haqida xabar bildiryapti”.

    2015-yilda nashr etilgan 4-sinf “Ona tili” darsligida “Bosh bo‘laklar” tushunchasidan qochishga intilish yaqqol seziladi va “Kesim gapning markazi hisoblanadi” degan xulosa beriladi. Ammo mualliflar o‘zlaridagi ikkilanishni yenga olishmaydi, chog‘i, 26-mashq shartida shunday yozishadi: “Ega va kesimdan tuzilgan gaplarga ikkinchi darajali bo‘lak qo‘shib yozing”.

    Darslikda “bosh bo‘laklar” tushunchasi berilmaganidan hayron bo‘lib turgan o‘qituvchiga mazkur mashq sharti qo‘l keladi va o‘quvchilarga 3-sinfdagi bilimlarni eslatadi. Shu tariqa “bosh bo‘laklar” tushunchasi 4-sinf o‘quvchilari ongida ham eson-omon jon saqlaydi.

    Navbat 5-sinf “Ona tili” (N. Mahmudov, A. Nurmanov va boshqalar. T., “Ma’naviyat”, 2015) darsligiga. Bu darslikda bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar haqidagi ma’lumotni topolmadik. Shunda bizga o‘qituvchilar yordamga kelishdi: qo‘limizga shu darslik asosida yozilgan metodik qo‘llanmani tutqazishdi. Agar darslikning 39-betida “Kesim gapning mazmuniy markazidir. U boshqa bo‘laklarsiz ham gap bo‘lagi bo‘la oladi”, deb yozilgan bo‘lsa, metodik qo‘llanmaning 53-betida quyidagilarni o‘qiymiz: “Boshlang‘ich sinfda (sinflarda – M.V.) o‘quvchilar gap bo‘laklari haqida ilk ma’lumot olgan (olishgan – M.V.) Ega va kesim bosh bo‘laklar ekanligini, qolganlari (aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol – M.V.) ikkinchi darajali bo‘laklar hisoblanishini biladilar (Mazkur gapda ega – “ular”ni tushirish noto‘g‘ri – M.V.)... Kesim gapning asosiy mazmunini ifodalaydi, shuning uchun u bosh (asosiy) bo‘lak sanaladi. Ikkinchi darajali bo‘laklar ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol bo‘lib, ular bosh bo‘lak ma’nosini konkretlashtiradi (aniqlashtiradi – M.V.), to‘ldiradi, izohlaydi, aniqlaydi (ortiqcha so‘z – M.V.)”.

    Jumlalardagi ayrim g‘alizliklarga qaramasdan, qo‘llanmada fikr aniq bayon etilgan, ya’ni ega ikkinchi darajali bo‘laklar qatorida sanaladi. Nega darslikda bunday aniqlik yo‘q? Axir darslik o‘quvchi uchun chiqariladi-ku? O‘qituvchi tushunmagan mavzuni metodik qo‘llanmasidan bilib olar. O‘quvchi-chi? U nima qiladi? Uning metodik qo‘llanmasi yo‘q-ku! Ta’kidlash joizki, “O‘qituvchi kitobi” 2011-yilda chop etilgan. Darslik unga nisbatan yangi. Shu bois o‘qituvchi ongida ikkilanish kuchli. U “bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar” tushunchasidan butkul voz kecholmayapti. Chunki bu tushunchalar boshlang‘ich sinflarda mavjud.

    Xo‘sh, o‘qituvchi va o‘quvchilar nima qilishsin?! Tajriba-sinov deb har bir olim o‘zining nazariyasini darslikka tiqishtira beradimi? Tajriba-sinovda ham me’yor, marom bo‘lishi kerak-da! Bunaqada taraqqiyot bo‘lmaydi. O‘quvchilarning bilim saviyasi orqaga ketadi. O‘qituvchilarda ham turli ikkilanishlar paydo bo‘ladiki, u dars saviyasiga ta’sir etmay qolmaydi. Fikrimcha, bu borada tajriba-sinov maydonlarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning ham aybi bordek. Ehtimol, ular tajriba-sinovning haqiqiy natijalarini yashirishayotgandir. Yoki ularning fikrlari inobatga olinmayaptimikan? Kim biladi, deysiz?!

    Yana asosiy mavzuga qaytsak. 5-sinfning amaldagi “Ona tili” darsligining 44-sahifasida quyidagi nazariy xulosalarni o‘qish mumkin: “Faqat kesimdan yoki ega va kesimdan iborat bo‘lgan gap yig‘iq gap hisoblanadi. Masalan: Qara. Men keldim.

    Kesimning boshqa bo‘laklar bilan kengayishidan hosil bo‘lgan gap yoyiq gap deyiladi. Masalan: Men uni ko‘rdim”.

    Xo‘sh, yig‘iq gap faqat kesimdan iborat bo‘ladimi yoki ega va kesimdanmi? Dastlabki xulosaga ko‘ra, yig‘iq gap ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: kesim yoki ega va kesim.

    Keyingi xulosadan esa “Yig‘iq gap faqat kesimdan iborat”, degan fikr kelib chiqadi.

    Bu o‘rinda berilgan ikki xulosadagi yaqqol inkor zamirida yashirin ma’no – arosat ham bor. Gap shundaki, yig‘iq va yoyiq gaplar haqida yozayotgan mualliflar ongidagi “bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar” tushunchasi ularga sezdirmay g‘alayon ko‘taradi va qarama-qarshi nazariy xulosalarga zamin yaratadi. 8-sinfning amaldagi “Ona tili” darsligida esa, 5-sinf “Ona tili” darsligidan farqli ravishda gap bo‘laklari ega, kesim, ikkinchi darajali bo‘laklar kabi turlarga ajratilgan. Bu ham, ayonki, “bosh va ikkinchi darajali bo‘lak” tushunchasi tabiiy tarzda “bosh bo‘laklar mavjud va ular ega, kesim”, degan xulosani beradi.

    Shu o‘rinda bir jihatga alohida e’tibor qaratishni istardik: 5-sinf “Ona tili” darsligining 2015-yil nashridagi “musaffolik”, ya’ni unda “bosh va ikkinchi darajali bo‘lak” tushunchasining yo‘qligi aslo yangilanish ruhi bilan bog‘liq emas. Darslikning avvalgi nashrlaridagi nazariy xulosalar yangi nashrda shunchaki takrorlangan. Demoqchimizki, bir necha yildirki, o‘quvchi boshlang‘ich sinfdan 8-sinfga kelibgina yana “bosh va ikkinchi darajali bo‘lak” tushunchasi bilan uchrashadi. Darsliklardagi bu kabi nomuvofiqliklar, uzluksizlik jarayonining buzilishi o‘qituvchini noqulay ahvolga solmoqda, muallif-olimlikning muqaddas martabasiga nisbatan ishonchsizlik uyg‘otmoqda. Yuqorida keltirilgan ko‘chirmalardan ko‘rinib turibdiki, 5-sinf “Ona tili” darsligi mualliflari bosh bo‘laklar haqida o‘quvchi ongiga ikki yil (3—4-sinflarda – M.V.) davomida tinimsiz singdirilgan bilimlarni ongli (e’tibor bering – M.V.) ravishda o‘zgartirishmoqchi! Yana ham aniqroq aytganda, bu bola ongidagi inqilob deyish mumkin. Ehtimol, kimdir bu holga ortiqcha ahamiyat bermas. Lekin biz “Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabidir”, degan hikmatni unutmasligimiz lozim. Maktab darsliklarida mavzular kengayib borishi, yangiliklar bilan boyitilishi tabiiy hol, albatta. Ammo mavzularning mohiyati tubdan o‘zgartirilishi mumkin emas. Bunday holatlar ko‘proq sof ilmiy ishlarda kuzatiladi. Inqilobiy ko‘rinishdagi nazariy qarama-qarshilikni o‘quvchi, hatto o‘qituvchi ongi, darslik tabiati ko‘tarmaydi. Afsuski, o‘qituvchi va o‘quvchilarni tashvishga solayotgan, chalkashtirayotgan kamchiliklar birgina “Bosh bo‘laklar” mavzusi bilan tugamaydi. Maktab “Ona tili” darsliklarida bunday muammolar talaygina.

    Biz ko‘pchilikni tashvishlantirayotgan mazkur muammolarni bejiz qalamga olmadik. Boisi, respublika Ta’lim markazi mutaxassislari, ekspertlar qanchalik harakat qilishmasin, “Ona tili” darsliklaridagi muammolar bir necha yillardan buyon bartaraf etilmayapti. Umid qilamizki, bizning bu chiqishimiz mas’ul mutasaddilar va mualliflarni hushyor torttirsa ajab emas. Har holda, shunga umid qilamiz.

    16.01.2018, 20:21   Izoh (0)   33080
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston uchun elchilik qiladigan Tangem, Surxondaryoning 2017-yilgi rekordlari, Toshkentdagi yaroqsiz go‘sht mashmashasi va kunning boshqa muhim xabarlari

    16.01.2018, 20:16

    Yuklarni chetdan olib kelish (olib chiqish) bo‘yicha vaqtinchalik ruxsatnoma olish uchun elektron ariza berish xizmati yo‘lga qo‘yildi

    16.01.2018, 20:07

    O‘zbekistonda ilk bora bolalarni so‘roq qilish uchun Ichki ishlar vazirligida maxsus xona tashkil etildi

    16.01.2018, 18:37

    Namanganlik ayol jo‘xori poyasidan fruktoza siropi olish texnologiyasini kashf qildi

    16.01.2018, 17:52

    Jizzaxda 2017-yilda elektrdan qarzini to‘lamagan 10 631 iste’molchi tarmoqdan uzib qo‘yildi

    16.01.2018, 17:39

    Avtomobillar bilan bog‘liq bitimlarni hisobga qo‘yish: Notariuslarga DYHXXdan oldin ko‘rsatma berildi

    16.01.2018, 17:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 22:52

    Mark-Andre ter Shtegen “Barselona”dan ketishi mumkin

    Sport | 7 iyun, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bir-birini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:19

    Italiya A Seriyasida 2025/26-yilgi mavsum uchun taqvim eʼlon qilindi

    Sport | 7 iyun, 21:17

    Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:10

    O‘zbekistonliklar to‘rt oyda turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 20:00

    Qamchiq dovonida yo‘lning bir qismi vaqtincha yopilgan

    O‘zbekiston | 7 iyun, 19:11

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.