15-yanvar kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov 2017-yilda turizmni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumotlar berdi.
Qo‘mita raisining ma’lum qilishicha, 2017-yil davomida O‘zbekistonga 2 million 520 ming sayyoh tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich 2016-yilga nisbatan 24,3 foizga oshgan.
Shu bilan bir qatorda, hozirda turizm xizmatlari eksporti 2016-yilga nisbatan 24 foizga oshib, 1 milliard 557 million dollarni tashkil etmoqda.
Izoh (0)