Yevropaning top klublari qishki transfer uchun katta pul sarflashdan o‘zini biroz olib qochadi. Chunki ular yangi mavsum oldidangina yirik xaridlarga qo‘l urib, jamoa o‘zagini tuzib olishga urinadi.
Qishda esa asosan omadi yurishmay qolgan futbolchilar boshqa klub safiga o‘tishi mumkin, deb hisoblab kelingan. Biroq yaqin 5—6 yil ichida bu kabi fikrlar o‘zgardi. Mavsum yarmidan klubga kelgan futbolchi, yarim yil davomida yangi jamoasiga ko‘nikadi va kelasi mavsumdan boshlab uning to‘laqonli a’zosiga aylanib oladi.
Quyida qishki transferning eng qimmat 10 ta xaridi keltirib o‘tilgan.Lukas Moura — 40 million yevro
“San-Paulu” — “PSJ” (2013-yil)Yulian Draksler — 40 million yevro
“Volfsburg” — “PSJ” (2017-yil)Endi Kerroll — 41 million yevro
“Nyukasl” — “Liverpul” (2011-yil)Jekson Martines — 42 million yevro
“Atletiko” — “Guanjou Evergrand” (2016-yil)Xuan Mata — 45 million yevro
“Chelsi” — “Manchester Yunayted” (2014-yil)Aleks Teysheyra — 50 million yevro
“Shaxtyor” — “Jiangsu Sunin” (2016-yil)Fernando Torres — 58 million yevro
“Liverpul” — “Chelsi” (2011-yil)Oskar — 60 million yevro
“Chelsi” — “Shanxay SIPG” (2017-yil)Diyego Kosta — 66 million yevro
“Chelsi” — “Atletiko” (2017-yil)Filippe Koutinyo — 160 million yevro
“Liverpul” — “Barselona” (2018-yil)
Izoh (0)