Chexiyada prezident saylovining birinchi turi 12-yanvar kuni bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Ovoz berish Chexiyada an’anaviy tarzda ikki kun davom etadi.
Ovoz berishda saylovchilarning 50–60 foizi ishtirok etishi kutilmoqda.
G‘alabaga asosiy da’vogarlar amaldagi davlat rahbari Milosh Zeman, shuningdek, Fanlar akademiyasining sobiq raisi Yirji Dragosh va tadbirkor Mixal Gorachek hisoblanmoqda.
Izoh (0)