Rossiyaning Omsk okrugi Neftyaniki shaharchasidagi 2-tug‘ruqxonada ko‘zi yorishi arafasida turgan ayol 2-qavat derazasidan yiqilib tushdi. Shundan so‘ng ayolga nisbatan zudlik bilan kesarcha kesish amaliyoti qo‘llanildi, deb xabar beradi “SuperOmsk”.
Ayol qor uyumining ustiga tushgani bois jiddiy jarohat olmagan. Rossiya tergov qo‘mitasi xodimlari hodisa yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda.
Hozirda ayol va farzandining ahvoli barqaror ekanligi aytilmoqda.
Hodisa 11-yanvar kuni yuz bergan. Ayol shifokorlarning barcha ko‘rsatmalarini bajargan.
“Uning ruhiy-emotsional holati shifokorlarda shubha uyg‘otmagan”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)