AQSh Hisob palatasi tekshiruvi Amerikaning Columbia klassidagi eng yangi suvosti kemalari Pentagon bayonotidagi texnologik shaylik darajasiga javob bermasligini ko‘rsatdi. Auditorlar hisobotiga The National Interest e’tibor qaratdi.
Tekshiruv Columbia klassidagi suvosti kemalarida qo‘llanilgan bir nechta texnologik yechimlar yetukligini namoyish etishi uchun qo‘shimcha ishlanmalar va sinovlar zarurligini ko‘rsatdi. Hisobotda ta’kidlanishicha, ushbu innovatsiyalar kema mahsuldorligi uchun muhim ahamiyatga ega. Ular, jumladan, yaxlit holga keltirilgan energetik tizim, yadro reaktori, raketa bo‘linmasi va doimiy magnitli dvigatelga daxldor.
Boshqarma AQSh Harbiy-dengiz kuchlarini Columbia klassidagi suvosti kemalari texnologik imkoniyatlariga taalluqli faktlarni buzib ko‘rsatishda aybladi va bu kelajakda yangi suvosti kemalarida nosozliklar yuzaga kelishi va ular ishlab chiqarilishini ortga surishga olib kelishini ma’lum qildi.
Pentagon Hisob palatasi tomonidan chiqarilgan Columbia dasturi baholashiga qo‘shilmadi.
Izoh (0)