Ushbu hafta Avstraliyada qayd etilgan jazirama to‘lqini minglab ko‘rshapalak halokatiga olib keldi. Bu haqda LiveScience onlayn-nashri xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Bunday sharoitda ko‘rshapalaklar havoda ‘qaynab’ ketadi. Selsiy bo‘yicha 44 daraja haroratda ularning miyasi tom ma’noda qaynay boshlaydi — ular o‘zlarini nazorat qila olmaydi va mo‘ljal olish qobiliyatini yo‘qotadi”, — deydi kembelltaunlik ekolog Keyt Rayan.
O‘tgan dam olish kunlari Avstraliyaning markaziy va janubiy qismlarida havo harorati 40—44 darajagacha ko‘tarildi. Bu kulrang boshli uchar tulkilar (Pteropus poliocephalus) — Avstraliyaning Qizil kitobga kiritilgan yirik ko‘rshapalaklarining ommaviy qirilib ketishiga olib keldi.
Bu qo‘lqanotlilar ko‘pchilik turdoshlaridan farqli ravishda g‘orlarda emas, daraxt shoxlarida yashab, ularning mevalari bilan oziqlanadi. Bu ularga jaziramada jon saqlash imkonini bermaydi.
Rayanning hisob-kitobiga ko‘ra, faqat Kembelltaun yon-atrofidan mutaxassislar va mahalliy aholi minglab ko‘rshapalak jasadini topgan. Yana 200 ga yaqini ularni qutqarishga muvaffaqiyatsiz urinishlar davomida halok bo‘lgan.
Izoh (0)