Toshkent shahrida joylashgan O‘zbekistondagi eng yirik masjid — “Hazrati imom” majmuasida 7-yanvar, yakshanba kunidan boshlab mo‘min-musulmonlarni namozga chorlovchi azon ovoz kuchaytirgichlar orqali yangray boshladi. Bu haqda “Azon.uz” xabar bermoqda.
Namozdan so‘ng masjid imomi bu voqeaga alohida to‘xtalib, ko‘plab xayrli ishlari qatori azonni baland ovozda chaqirish ham davlat rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotganini ma’lum qilgan.
Shuningdek, Habibulloh qori Abdurazzoqov O‘zbekistonda yana ko‘plab masjidlar ochilishi haqida xushxabarni ham aytib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalq deputatlar viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida uch bosqichda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Qur’oni karim musobaqasiga to‘xtalib, “Qur’oni karimni eshita olsak, eshittira olsak, elimizga nur keladi”, deb ta’kidlagandi.
https://www.facebook.com/azonuz/videos/2037445696539353/
Izoh (0)