2017-yil 30-dekabr kuni Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanidagi kottejlarning birida ijarada turgan ayol, uning 6 oylik go‘dagi, 3 yoshli bolasi va singlisi — jami 4 nafar odam o‘ldirib ketilgan. Bu haqda “Xabar.uz” o‘z manbalariga tayanib ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, dastlab gazdan zaharlanish deb aytilgan, ammo keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, hammasi pichoqlangan va gaz ochib yuborilgan. Taxminlarga ko‘ra, gaz jinoyat izlarini yashirish va yong‘in keltirib chiqarish uchun yoqib ketilgan bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)